Internet xizmatlarini taqdim etish va tarifikatsiyalash


Keyingi hisob-kitob davri boshlangan vaqtdan boshlab tarif rejasini o‘zgartirish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana25.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1398593
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INTERNET XIZMATLARINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (jismoniy shaxslar)

Keyingi hisob-kitob davri boshlangan vaqtdan boshlab tarif rejasini o‘zgartirish – tarif 
rejasi almashtirilgandan so‘ng, balansda yetarli mablag‘ bo‘lmagan hollarda, Abonent yangi tarif 
rejasi bo‘yicha Abonent to‘lovini amalga oshirish uchun kerakli miqdordagi mablag‘ni shaxsiy 
hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi. 
1.3.3. Yangi tarif rejasi bo‘yicha Xizmatlarni faollashtirish Abonentning shaxsiy hisob raqamida 
tanlangan tarif rejasi bo‘yicha to‘liq Abonent to‘lovini qoplash uchun zarur summa mavjud 
bo‘lgan holda, amalga oshiriladi. 
1.3.4. Tarif rejasini almashtirish operatsiyasi bepul amalga oshiriladi. 
1.3.5. Yangi ulanish, shuningdek, arxiv tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud emas. Agar 
Abonent arxiv tarif rejasidan yangi tarif rejasiga o‘tsa, keyinchalik arxiv tarif rejasiga qaytib 
o‘tish mumkin bo‘lmaydi. 
1.4. Operator tomonidan Abonentni blokirovka qilish va xizmatdan uzib qo‘yish qoidalari 
1.4.1. Abonentlarni Operator Xizmatlaridan foydalanishni blokirovka qilish quyidagi qoidalarga 
asosan amalga oshiriladi: 
1.4.1.1. Kiritilgan trafik limiti miqdori sarflangunga qadar, xizmatlardan foydalanish ijobiy 
balansda ham, salbiy balansda ham hisob-kitob davri oxirigacha taqdim etilishi mumkin. 
Kiritilgan trafik limiti sarflangandan keyin, xizmatlardan foydalanish faqat ijobiy balansda 
taqdim etiladi, aks holda xizmatlardan foydalanish imkoniyati o‘chirib qo‘yiladi. 
1.4.1.2. Agar ikki hisob-kitob davri davomida Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi saldo 
Abonent to‘lovi va qo‘shimcha xizmatlarni (xizmatni rezervlash) to‘liq yechib olish uchun 


yetarli bo‘lmasa, u holda ikkinchi hisob-kitob davri tugashida Operator billing tizimida Abonent 
shaxsiy hisob raqamining maqomi avtomat ravishda “Tugatilgan” maqomga o‘tkaziladi va shu 
vaqtdan boshlab, Operator Abonent tomonidan Operator uskunasida band qilingan portni 
bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi. 
1.4.1.3. Shaxsiy hisob raqamining “Tugatilgan” maqomi Abonent bilan tuzilgan Shartnoma 
holatini nofaol holatga o‘tkazadi va Operatorning billing tizimi ushbu shaxsiy raqam bilan hech 
qanday harakatlarni amalga oshirmaydi (shu jumladan, hisob yechib olinishini ham) va bunda, 
bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi. 
1.4.1.4. “Tugatilgan” maqomda Operator Asosiy xizmat va bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlar 
bo‘yicha Abonent bilan tuzilgan Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqini 
o‘zida saqlab qoladi. 
1.4.1.5. Shaxsiy hisob raqami “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan Abonentlar ikkita hisob-kitob 
davri uchun xizmatni zaxiralash uchun to‘lovni amalga oshirganda eski Shartnomalarini qayta 
tiklashlari mumkin. 
1.4.1.6. “To‘lov kutilmoqda” maqomida bo‘lgan Abonent Xizmatlar qayta faollashtirilishini 
xohlasa, u foydalanilmagan hisob-kitob davri uchun “Xizmatni rezervlash” qo‘shimcha xizmati 
uchun to‘lovni amalga oshirishi, shuningdek, belgilangan tariflarga muvofiq yangi hisob-kitob 
davri uchun Abonent to‘lovini kamida 100 % miqdorida amalga oshirishi lozim. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling