Internet xizmatlarini taqdim etish va tarifikatsiyalash
to‘lovini hisoblash vaqti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
INTERNET XIZMATLARINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (jismoniy shaxslar)
to‘lovini hisoblash vaqti Internet tarmog‘iga Operator billing tizimining texnologik
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan surilishlar ehtimoli bilan ulanish imkoni taqdim etilgan avvalgi vaqtga ko‘ra belgilanadi. Belgilangan hisob-kitob sanasida abonent to‘lovini yechib olish vaqtida Abonentning shaxsiy hisobidagi mablag‘ miqdori amaldagi tariflarga muvofiq asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha abonent to‘lovi miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. 1.2.10. Yangi Abonent ulanganda birinchi abonent to‘lovi uchun mablag‘ni yechib olish Abonentning Internet tarmog‘iga dastlabki kirish vaqtida amalga oshiriladi. Keyinchalik, Internet-sessiyalarning (Internet tarmog‘iga chiqishlar) mavjudligi yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, abonent to‘lovi uchun mablag‘ni yechib olish vaqtida belgilangan hisob-kitob sanasida shaxsiy hisobida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lganda, abonent to‘lovini yechib olish amalga oshiriladi. 1.2.11. Agar hisob-kitob sanasida abonent to‘lovi yechib olinayotgan vaqtda Abonentning shaxsiy hisobida yangi hisob-kitob davri uchun asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent to‘lovi yechilmaydi, Internetga ulanish imkoniyati Abonent tomonidan abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdorda mablag‘lar kiritilgunga qadar, oldindan ogohlantirishlarsiz to‘xtatib turiladi. 1.2.12. Agarda Abonent tomonidan Internetga kirish xizmatlari uchun belgilangan hisob-kitob sanasida to‘lov amalga oshirilmasa, xizmatlar “To‘lovni kutish” holatiga o‘tkaziladi, Abonentning hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovi to‘langan sanaga suriladi. Shuningdek, joriy hisob-kitob davri mobaynida tarif rejasi o‘zgargan yoki “Xizmat zaxirasi” qo‘shimcha xizmati yoqilgan hollarda hisob-kitob sanasi boshqa kunga o‘tkazilishi mumkin. Misol uchun: Agarda abonentning hisob-kitob sanasi har oyning 5 sanasiga belgilangan bo‘lsa va keyingi oyning 5 sanasiga qadar to‘lov amalga oshirilmasa, xizmatlar o‘chirib qo‘yiladi. Pul mablag‘i 8 sanada to‘langanda, xizmatlarni taqdim etish qayta tiklanad va bunda, kelgusi hisob-kitob sanasi har oyning 8 sanasiga o‘zgaradi. 1.2.13. Agar Abonent uchun kalendar oyining oxirgi kunlarida Internet tarmog‘iga kirish imkoniyati ochilgan bo‘lsa va keyingi kalendar oyida ushbu sanalar bo‘lmasa, ushbu oyning oxirgi kuni hisob-kitob sanasi sifatida qabul qilinadi. Misol uchun: Agarda Abonentga Internet tarmog‘iga kirish imkoniyati 30 yanvar kuni taqdim etilgan bo‘lsa, keyingi abonent to‘lovi 28 yoki 29 fevral kuni (kalendar yiliga qarab) yechib olinadi. Kelgusida, agar Abonent tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, bundan keyingi hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovi 30 mart kuni yechib olinadi. 1.2.14. To‘liq hisob-kitob davri davomida Abonent “To‘lov kutilmoqda” maqomida bo‘lganda, Abonentga bitta hisob-kitob davrida xizmat zaxirasi uchun to‘lov belgilanadi. Agarda ikkinchi hisob-kitob davrida to‘lov amalga oshirilmasa, Abonentga ikkinchi hisob-kitob davrida xizmatlar zaxirasi uchun to‘lov belgilanadi. Ikki hisob-kitob davriga teng muddat tugaganidan so‘ng, Operator Abonent egallab turgan tarmoq resurslarini keyinchalik bo‘shatgan holda Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 1.2.15. Xizmat zaxirasi uchun to‘lov hisoblanishi va yechib olinishi Abonent tomonidan Internet tarmog‘iga ulanish xizmati qayta tiklanganda amalga oshiriladi. 1.2.16. Xizmatni to‘xtatib turish chegarasi 0 so‘mga teng (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa). Shaxsiy hisob raqamdagi summa Xizmatlarni to‘xtatib turish uchun o‘rnatilgan chegaraga teng miqdorga yetganda, Operator ushbu xizmatni avvaldan ogohlantirmagan holda to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. 1.2.17. Abonent tomonidan Shaxsiy kabinetda, Mobil ilova orqali yoki Sotuv va xizmat xizmat ko‘rsatish ofisida faollashtirilgan Asosiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan Qo‘shimcha xizmatlar Abonentning shaxsiy hisob raqamidan billing tizimida avtomat ravishda hisobdan chiqariladi. 1.2.18. Shaxsiy kabinetda abonentlarga amalga oshirilgan to‘lovlar tarixi va telekommunikatsiya xizmatlari uchun pul mablag‘lari yechib olinganligi, Internet-trafik qoldig‘i (trafik cheklangan tarif rejasidan foydalanilganda), Internet-sessiyalari va boshqa maʼlumotlar haqida batafsil maʼlumot beriladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling