Инвестиция фаолиятини молиялаштириш манбалари ва усуллари


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini baholashda WACC ko’rsatkichini hisobga olish


Download 0.6 Mb.
bet6/11
Sana22.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1381789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12.mavzu - Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini baholashda WACC ko’rsatkichini hisobga olish

  • Investitsiyalarni moliyalashtirishga jalb etiladigan kapital qiymati baholanishida resurslar qiymati narxi bilan bog’liq butun bir moliya menejmenti muammolari majmuiga duch kelishiga to’g’ri keladi. Investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilinganda moliyalashtirishni ta’minlash jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, bir tomondan, jalb etiladigan manbalar narxi imkoni boricha arzonlashsin. Ikkinchi tomondan, muayyan muddatga band qilinadigan turli resurslarni baholash asosida manba tuzilmalarini turli nisbati asosida kapital rentabelligini maksimallashtirishga qodir bo’lgan variantlarini baholash imkonini bersin. Bunday yondashuv investitsiyalarni moliyalashtirishning ham davlat va ham bozor mexanizmlarida mavjud bo’lmog’i kerak. Investitsiya kapitali o’zining cheklanganligi, serharakatligi va ta’sirchanligi, nozikligi va saylanma bo’lgani tufayli soliq, valyuta, bojxona siyosati hamda o’zi amal qiladigan muhitdagi boshqa omillar ta’siriga juda sezgir bo’ladi.

Investitsiya kapitali uning turli manbalaridan hosil bo’lishiga binoan murakkab tuzilishga ega. Investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilinishida ularni moliyalashtirish jarayonlarini shunday tashkil qilish kerakki, bunda birinchidan ularning qiymatini minimallashtirish, ikkinchidan esa, safarbar etiladigan kapitalni samaraliligini maksimallashtirishga qodir manbalardan foydalanish yo’llarini baholash kerak bo’ladi. Bunda pulning vaqtli qiymati, loyihalarning riskliligi va risk darajasining ma’qulligiga tayanish kerak bo’ladi. Kapital qiymatini baholash, uning tanlov narxini (foydalanish qiymatini) yoki uni ishlatishning muqobil qiymatini ifodalaydi. Bunda kapital qiymati resurslarni turli manbalardan jalb etilish baholarini o’rtacha tortilgan miqdori sifatida shakllanadi.

  • Investitsiya kapitali uning turli manbalaridan hosil bo’lishiga binoan murakkab tuzilishga ega. Investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilinishida ularni moliyalashtirish jarayonlarini shunday tashkil qilish kerakki, bunda birinchidan ularning qiymatini minimallashtirish, ikkinchidan esa, safarbar etiladigan kapitalni samaraliligini maksimallashtirishga qodir manbalardan foydalanish yo’llarini baholash kerak bo’ladi. Bunda pulning vaqtli qiymati, loyihalarning riskliligi va risk darajasining ma’qulligiga tayanish kerak bo’ladi. Kapital qiymatini baholash, uning tanlov narxini (foydalanish qiymatini) yoki uni ishlatishning muqobil qiymatini ifodalaydi. Bunda kapital qiymati resurslarni turli manbalardan jalb etilish baholarini o’rtacha tortilgan miqdori sifatida shakllanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling