Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturining mazmuni va maqsadlari


Download 0.5 Mb.
bet25/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

1. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturining mazmuni va maqsadlari.
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur deb ataladi) respublikani ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatini ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga va iqtisodiyotga zarur tarkibiy o‘zgartirishlarni, tabiiy, mineral—xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlovchi investitsiyalar qo‘yish asosida uning jahon iqtisodiy tizimiga keng integrasiyalashuviga erishish Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- mablag‘ bilan taʼminlash manbalari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar prognozi;
-ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati;
-investitsiya loyihalarining aniq dasturi;
Dasturning muvozanatlanganligini taʼminlash.
Dastur:
-tabiiy, mineral —хом ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishni;
-davlat budjeti hamda respublikaning ichki va tashqi qarzlari hajmlarini o‘zaro bog‘lashni;
-mablag‘ bilan taʼminlashning tasdiqlangan manbalari bilan obʼektlarni ishga tushirish va kreditlarni o‘sishini, shuningdek, qurilish sanoati va qurilish materiallari sanoati quvvatlarini muvozanatlashni;
-yangi korxonalarni iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan holda joylashtirishni hamda mintaqalarni kompleks rivojlantirishni, tabiiy boyliklardan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmalaridan, mehnat resurslaridan yanada samaraliroq, foydalanishni hisobga olgan holda ishlab turgan korxonalarda qo‘shimcha quvvatlar tashkil etishni taʼminlashga qaratilgan kapital qo‘yilmalar prognozini ifodalaydi.
Dasturni shakllantirish tartibi va muddatlari.
Dasturni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishga oid ishlarni Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti muvofiqlashtiradi.
Dasturni shakllantirish davlat maqsadli dasturlari, iqtisodiyotni ustuvor yo‘nalishlarini va alohida mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha direktiv qarorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, uyushmalar, korporasiyalar, kompaniyalar, mulkchilikning barcha shaklaridagi korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda amalga oshiriladi va oldingi yil dekabr oyining birinchi kunligidan kechikmay Vazirlar Maxkamasiga kiritiladi.
Dasturni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yili investitsiya takliflarini tayyorlashga oid metodik ko‘rsatmalarni va ularni taqdim etish muddatlarini manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga, uyushmalar, korporasiyalar va kompaniyalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga etkazadi.
Ishlab chiqilgan Dastur Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling