Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Kapital qo‘yilmalar prognozi


Download 0.5 Mb.
bet26/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Kapital qo‘yilmalar prognozi.
Kapital qo‘yilmalar prognozi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yil va prognozlashtirilayotgan yillar uchun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish qurilishlari bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Prognoz kapital ko‘yilmalarning quyidagi manbalarini hisobga olishi kerak:
a) markazlashtirilgan qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari;
-tashqi karzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostida beriladigan chet el investitsiyalari va kreditlari;
b) markazlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-korxonalar mablag‘lari, shu jumladan, qo‘shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari mablag‘lari;
-davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag‘lari;
-banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning tijorat kreditlari;
-aholi mablag‘lari.
Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari qo‘yidagilar hisobiga belgilanadi:
Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish chog‘ida va yig‘ma budjet tarkibida tasdiqlanadi;
hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar alohida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq,
Markazlashtirilgan kapital ko‘yilmalar faqat quyidagalarga ajratiladi:
-respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
-yegasining nomi ko‘rsatilgan uy —joy obligasiyalari bo‘yicha uy joy qurilishiga;
-yangi yerlarni o‘zlashtirish va sugoriladigan yerlarni tiklashga, suv xo‘jaligi qurilishi va kichik gidroenergetikani rivojlantirishga;
-aholi yashaydigan joylarning, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
-maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obʼektlari qurilishiga;
-davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy—texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
-umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling