Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Download 0.5 Mb.
bet34/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

, (4.2)
bu yerda, D - foiz va soliq to‘lovlarigacha yoki soliq to‘lanib, foizlar to‘langungacha bo‘lgan daromad; Ss - soliq to‘lash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning ko‘rib chiqilayotgan davriga bo‘lgan boshlang‘ich va oxirgi summasi, qiymati.
Bundan tashqari, investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasini (ARR) quyidagi formula orqali ham aniqlash mumkin:
(4.3)
bu yerda,

RtN - t - davrdagi soliq to‘langandan keyingi sof foyda miqdori;


At - t - davrdagi asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi summasi, arzon va tez eskiruvchi buyumlar summasi.
4.2 Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so‘m xarajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo‘yicha quyidagiga: birinchi yil – 3350 ming so‘m, ikkinchi yil – 10990 ming so‘m, uchinchi yil – 15480 ming so‘ng, to‘rtinchi yil – 21640 ming so‘m va beshinchi yil – 22790 ming so‘mni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy meʼyori (ROI) qanday hisoblanadi?

Bu loyiha bo‘yicha olinadigan sof foyda yillar bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli, avvalom bor o‘rtacha yillik foydani hisoblab topamiz.


Rch=(3350+10990+15480+21640+22790) ming so‘m : 5=74250 ming so‘m : 5=14850 ming so‘m

SHundan so‘ng foydaning oddiy meʼyorini (ROI) hisoblaymiz:


ROI = 14850 ming so‘m : 140.000 ming so‘ng = 10,6%.
Bu foyda meʼyori investor talab qilgan meʼyorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb yetuvchanligi to‘g‘risida, yaʼni uni maʼqullash mumkin.

Bu usullar asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir.


Har qanday loyihaning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan baholanishi pul oqimlari haqidagi maʼlumotlarga asoslanadi. Pul oqimlari haqidagi maʼlumotlarga yega bo‘lmasdan turib investitsiya loyihasining samaradorligini baholash mumkin yemas.
Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul oqimlari haqidagi maʼlumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o‘rinni yegallaydi. SHunki jarayon investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi.
Pul tushumlari va chiqimlarini tahlil etish investitsiya loyihalarini baholashda juda muhim sanaladi. Investorlarni boylikni o‘stiruvchi tushumning qanchaligi, pul mablag‘lari kirimi va chiqimigina qiziqtirmasdan, balki korxonaning budjet oldidagi majburiyatlardan holi bo‘lgandagi, yaʼni soliqlarni to‘lagandan keyingi qoladigan natija (foyda) qiziqtiradi.
Buni quyidagi ko‘rinishdagi formula orqali aniqlash mumkin:

(4.4)
bu yerda,

Pt - pul tushumlari;
St - sotishdan olingan tushum;
X-xarajatlar yig‘indisi (joriy xarajatlar);
A - amortizatsiya ajratmasi;
Tf,Tc - to‘langan foizlar va soliqlar.


Diskontlash usuli (noanʼanaviy usul) pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, yaʼni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga teng emasligi bois paydo bo‘ldi (isteʼmol qiymati bo‘yicha).


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling