Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Investitsiya dasturi asosida investitsiyalar va investitsiya faoliyatini tashkil etish
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya dasturiga
2. Investitsiya dasturi asosida investitsiyalar va investitsiya faoliyatini tashkil etish.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish, qoida tariqasida, davlat kontrakti asosida amalga oshiriladi. Davlat kontrakti investitsiya faoliyati ishtirokchisini – bajaruvchini tanlov (tender) asosida saralab olish orqali tuziladi. Bunda mazkur bajaruvchi uchun qonun xujjatlarida muayyaan imtiyozlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi. 1998 yil 9 fevralda Prezidentning «Chet el investitsiyalari bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni chikarildi. Farmonga muvofiq Vazirlar Maxkamasining investitsiya dasturlari departamenti tashkil etildi. U davlatning investitsiya siyosatini amalga oshirishga javobgar bo‘lgan birdan bir vakolatli idoradir. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning monitoringi jarayonida departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat deb belgilangan: investitsiya loyihalarini amalga oshirishning hamma bosqichlarida ularning ilgari siljishiga to‘skinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish; investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish muddatlarini belgilash; investitsiya faoliyatining meʼyoriy – xuquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi bo‘yicha yoki umuman O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning aniq ro‘yxati qonun xujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga, shuningdek chet el investitsiyalarini O‘zbekiston Respublikasining Xuquqmati kafolati ostida jalb etilgan xolda moliyalanadigan investitsiya loyihalari ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Ekspertizani o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi belgilaydi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalanadigan investitsiya loyihalari sanitariya-gigiyena, radiasiya, yekologiya, arxitektura-shaxarsozlikka oid va boshqa talablar bajarilishiga doir qismida, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim. Investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan taʼminlash xar qaysi obʼekt bo‘yicha ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasiga qatʼiy amal qilgan xolda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi. 1-jadval Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling