Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
-jadval Rentabellik indeksi hisob-kitobi
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
4.5-jadval
Rentabellik indeksi hisob-kitobi
Bunda rentabellik indeksi quyidagiga teng bo‘ladi: Investitsiyalarning rentabellik ko‘rsatkichi avvallari qo‘llanilgan kapital qo‘yilmalarning samaradorligi koyeffitsiyentidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda daromad sifatida baholash jarayonida joriy qiymatga keltirilgan pul oqimi qatnashadi. Invetitsiyalar rentabelligi ko‘rsatkichi, nafaqat taqqoslama baholash uchun, shuningdek loyihani amalga oshirishga qabul qilishdagi mezon sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, investitsiyaning rentabellik ko‘rsatkichi natijasi yordamida loyiha bo‘yicha quyidagicha xulosa qilish mumkin: - agar PI>1 bo‘lsa, u holda investitsiya loyihasini amalga oshirish mumkin; - agar PI<1 bo‘lsa, u holda investitsiya loyihasini amalga oshirishga qabul qilib bo‘lmaydi; - agar PI=1 bo‘lsa, u holda investitsiya loyihasi foyda ham, zarar ham keltirmaydi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashning qoplash muddati usulini (anʼanaviy baholash usulini) yuqorida ham ko‘rib o‘tgan yedik. Lekin mazkur usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olmasligi uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash zarurligini taqozo qiladi. Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarni qoplash muddatini (DPP) hisoblash ishi diskontlashgan yillik pul tushumlarini diskontlashgan investitsiyalarga bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Mazkur usulning tushunarli bo‘lishi uchun quyidagi misolni keltiramiz. 25-misol. Faraz qilaylik, korxona mehmonxona qurilishi uchun 40 mln. so‘m investitsiya qildi (mablag‘ sarfladi). Mehmonxonani foydalanishdan keladigan yillik pul tushumlari 35, 60, 80 va 100 mln. so‘mni tashkil yetadi. Buning uchun, eng avvalo, RR — investitsiyalarni qoplash muddati quyidagi tenglik bajarilishi sharti asosida hisoblanadi: (4.15)
Yendi investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatini (DPP) hisoblaymiz. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
, (4.16) bu yerda, I0 – boshlang‘ich investitsiyalar; DCF(Σ) – diskontlashtirilgan yillik pul tushumlari. Mazkur ko‘rsatkichni hisoblashda yuqorida berilgan 2.5-misolga asoslanib tuzilgan quyidagi 2.3-jadvalga murojaat qilamiz. Ushbu jadvalda investitsiyalarning qoplash muddati bilan birga diskontlashtirilgan qoplash muddati ko‘rsatkichining hisoblanishi keltirilgan. Ularning bir-biridan farq qilishining o‘ziga xos jihatlari ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlash xususiyatlaridan kelib chiqadi. 1> Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling