Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Download 0.5 Mb.
bet54/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

O‘AMM = O‘MM-UMA,
bunda;


  • O‘AMM- o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi;


  • O‘MM- o‘z mablag‘lari manbaʼi;


  • UMA- o‘zoq muddatli aktivlar;

Agarda xo‘jalik subʼektining o‘zoq muddatli aktivlari (balans aktiv qismining 2 bo‘limi) o‘z mablag‘lari manbaʼlaridan oshib ketsa bunday holda balans nolikvidligi yuzaga keladi. Ushbu Nizom talablariga muvofiq balans nolikvidligiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subʼektlari bank kreditidan foydalanish huquqiga ega emaslar.


5. Xo‘jalik subʼektlarining aylanma mablag‘larini aylanishi ikkita ko‘rsatkich bilan aniqdanadi: aylanma mablag‘ larning aylanish koyeffitsienti va aylanma mablag‘larning aylanishi kun hisobida.
Aylanma mablag‘larning aylanish koyeffitsienti aylanma mablag‘larning aylanish tezligini ifodalaydi va tahlil etilayotgan davr mobaynida mahsulot sotishdan tushgan tushumni aylanma mablag‘larni o‘rtacha bahosiga bo‘lish bilan aniqlanadi;
Akoyef.=S/ O‘q
bunda:
Akoyef.-aylanish koyeffitsienti
S -sotilgan mahsulot hajmi
O‘q- aylanma mablag‘larning o‘rtacha xronologik qoldig‘i.
Aylanma mablag‘larning aylanishi, kun hisobida
A kunda O‘q =K/S
bunda:
A - kunda aylanma mablag‘larning aylanishi kun hisobida
K - tahlil etilayotgan davrdagi kunlar soni
S - sotilgan mahsulot hajmi
Yuqorida keltirilgan koyeffitsientlar mijoz faoliyatining baʼzi bir aspektlari samaradorligini tavsiflaydi. Tijorat nuqtai nazaridan ular sotuvning yo ortiqligini yoki kamligini, moliyaviy nuqtai nazaridan kapital oborotining tezligi, iqtisodiy jihatdan — pul mablag‘larining aktivligini tavsiflaydi.
O‘tkazilgan tahlil natijalariga va koyeffitsientlar darajalariga asosan xo‘jalik va tashkilotlar kreditga qobillikning 3 ta sinfi bo‘yicha tasniflanadi va ularning qaysi sinfga mansubligiga qarab bank bilan korxona o‘rtasida kreditlash aloqasi o‘rnatiladi.
2-jadval
KREDITGA QOBILLIKNING ASOSIY KO‘RSATKICHLARIGA
SINFLAR BO‘YICHA QO‘YILGAN TALABLAR.


Ko‘rsatkichlar nomi

1-sinf

2-sinf

3-sinf

1

Qoplash koyeffisienti (QK)


QK>2,0

2,0>QK>1,0

1,0>QK>0,5


2

Likvidlik koyeffitsienti (LK)

LK>1,5

1,5>LK>1,0

1,0>LK>0,5


3

Avtonomiya koyeffitsienti (AK)

AK>60%

50%>AK>30%

30%>AK>15%


Birinchi sinfga mansub korxonalar umumiy tartib (shartlar) asosida kreditlanadi. Bunday korxonalarga imtiyozli tartibda ishonchli kreditlar berilishi hamda qonunchilikka va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq boshqa imtiyozlar ko‘llanilishi ham mumkin.


Ikkinchi sinfga mansub korxonalar ham umumiy tartibda kreditlanadi va agarda bu korxonalar qo‘shimcha tarzda qandaydir ijobiy ko‘rsatkichlarga yega bo‘lsa, bularga ham imtiyozlar berilishi mumkin (ishonchli kredit berilishidan tashqari).
Agarda korxonalar ikkinchi sinfga mansub bo‘lib qo‘shimcha tarzda salbiy ko‘rsatkichlarga yega bo‘lsa, bunday korxonalar nobarqaror korxonalar hisoblanadi. Bank bu korxonalar bilan kredit shartnomasini to‘zishda kreditni muddatida qaytarilishi va ularning faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida garov huhuqini kuchaytirish, foiz stavkalarini oshirish, kredit miqdorini va undan foydalanish muddatlarini chegaralab qo‘yish kabi qo‘shimcha choralar qo‘llanilishini ko‘zda tutishi lozim.
Uchinchi sinfga mansub korxonalar kreditga noqobil hisoblanadi va bunday korxonalar baʼzi hollardagina, shunda ham oshirilgan foiz stavkasi bilan qatʼiy mol-mulk garovi asosida kreditlanadi.
Kreditga qobillik ko‘rsatkichlari 3-sinfdan past bo‘lgan korxonalarni kreditlash mumkin yemas.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling