Oddiy annuitet koeffitsiyenti aniqlash hisob-kitobi
Yillar
|
Diskontlashtirish
koeffitsiyenti
|
Hisoblash tartibi
(Kd1+Kdi)
|
Annuitet
koeffitsiyenti
|
1
|
0,870
|
0,870
|
0,870
|
2
|
0,756
|
0,870 + 0,756
|
1,626
|
3
|
0,657
|
1,626 + 0,657
|
2,283
|
4
|
0,572
|
2,283 + 0,572
|
2,855
|
5
|
0,497
|
2,855 + 0,497
|
3,352
|
Ajq = 4,0 mln × 3,352 = 13,41 mln
Xulosa sifatida shuni aytish joizki, investor bino egasiga har yili 4,0 mln. so'mdan ijara haqini to'lab turishi uchun shu yil 13,41 mln. so'm investitsiya qo'yishi kerak ekan. Agar shu investor investitsiya qo'ymasdan shu besh yil mobaynida 20,0 mln. so'm (4,0mln. x 5 yil = 20,0mln.) to'lashi kerak edi. U investitsiya qo'yish evaziga 6,59 mln. so'm (20,0–13,41= 6,59 mln.) foyda qildi. Oddiy annuitetning kelgusi qiymati deganda bugungi kundan boshlab to belgilangan vaqtgacha davrlar bo'yicha bir xil to'lovni amalga oshirganda ma'lum foiz stavkasi bilan qancha miqdorga ega bo'lishi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, oddiy annuitetning kelgusi qiymati puldorning tegishli stavkada bir xil summada investitsiya qo'yib borsa, ma'lum davrdan keyin uning miqdori qancha bo'lishini ko'rsatadi. Oddiy annuitetning kelgusi qiymati (Akq) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Akq = As×Kak
Bunda: Kak – oddiy annuitetning kelgusi qiymatini aniqlaydigan koeffitsiyent.
Misol uchun, investor har yili 500,0 ming so'mdan 5 yil davomida 12
foizlik stavka bilan investitsiya qo'yishga qaror qildi. Investorni shu 5 yildan
keyingi investitsiyaning kelgusi qiymati, ya'ni umumiy miqdori qancha bo'lishi
qiziqtiradi. Buni topish uchun biz avvalo oddiy annuitetning kelgusi
qiymatini aniqlaydigan koeffitsiyentni topishimiz lozim. Buning uchun kelgusi
qiymat koeffitsiyenti ketma-ket qo'shiladi
Kak = 1+
Do'stlaringiz bilan baham: |