Invеstisiya lоyihаlаrini mоliyaviy-iqtisоdiy bаhоlаshning uslubiy аsоslаri
Download 258.5 Kb.
|
Abdullajon.....docInvestitsiya loyihalari tahlili (2)
Dolzabligi: Mamlakatimizda strategik iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, milliy valyutamizni muntazam ravishda mustahkamlab borish, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar uchun soliq yukini kamaytirish. chetdan olib kiriladigan sarmoyalarga keng yo'l ochib berilishi, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun rag'batlantiruvchi omillar yaratilishiga turtki bo'lmoqda. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo'nalishini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste'molchilar talablari asosida tashkil etish hamda fuqarolar erkinligiga keng yo'l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlardan to'la foydalanishi, yuqori yoshlarimizning tashabbuskorlik va unum. tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Ta'kidlaganimizdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatni ham iqtisodiy ham ijtimoiy har tomonlama qo'llashidan kelib chiqib bu sohani mamlakatda rivojlantirish va uni tashkiliy huquqiy asoslarini ta'minlash orqali yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatlar yetarli darajadadir.
O'zbekistonda tadbirkorlik va xususiy sektorni shakllantirish hamda rag'batlantirish uchun mahalliy va xorijiy investitsiyalardan foydalanishga katta e'tibor berilmoqda. Hozirgi paytda yurtimizda O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risidagi" va "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi hamda "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoy a qilish choralari to'g'risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarning qabul qilinishi mamlakatda tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirish uchun muhim baza sifatida xizmat qilmoqda. Shunday qilib, globallashuv, jahon bozorida keskin raqobat va omon qolish uchun kurash sharoitlarida chet el kapitali va ishlab chiqarish (korxonalar)ning ko'chib yurishi, xalqaro raqobatning paydo bo'lishi va millatlararo korporatsiyalarning tashkil topishi tabiiy hol bo'lib, qaytmas jarayon hisoblanadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub'ekti kapitalini o'zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog'lash bo'lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o'zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo'ylab kapital ko'chishi yuz beradi. Kapitallarning mamlakatlar bo'ylab ko'chib yurishidagi asosiy harakatlantiruvchi motiv- ularni safarbar etish hamda band qilishning nafliroq sharoitlaridir. Chet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotga kirib kelishini iqtisodiyotlar rivojlanishini jadallashtiradigan jarayon tarzida baholash kerak. Chet el investitsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishning zaruriy va muhim manbai bo'lgani holda, o'zi bilan birga, juda ko'p payqaladigan va sezilmaydigan aktivlar, turli-tuman texnologik, axborot, moliya oqimlarini, menejment malakalarini, jahon bozorlaridagi ish tajribalarini va boshqalami olib kiradi. Ularga mamlakatlararo harakatlanish, ya'ni ko'chib yurish, faoliyat yuritishning huquqiy shart-sharoitlarini almashtirish, qo'shimcha risklar bilan to'qnashish va aniq maqsadlar xos. Demak, chet el investitsiyalari migratsiyasini milliy investitsiya siyosatini olib borishda va ularni amalga oshirishda albatta hisobga olishga to'g'ri keladi. Ularni jalb qilish importyor mamlakat byudjetiga soliq, ijara va boshqa tushumlarni ko'paytiradi. Ular yangi ish o'rinlarini yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, jahon bozorlarida o'mashib olishga yordam beradi. Shuning uchun investitision siyosatni takomillashtirish va uning asosida tadbirkorlikni rivojlantirish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan strategik iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Malakali buxgalter, auditor, iqtisodchi, iqtisodiy tahlilchi hamda iqtisodiy yo'nalishdagi boshqa mutaxassislar iqtisodiy tadqiq etishning zamonaviy usullarini, tizimli va kompleks iqtisodiy tahlil qilish mahoratini bilishlari shart. Iqtisodiy tahlil texnikasi va texnologiyasini bilish asosida mutaxassislar eng to'g'ri javoblarni topib, samarali qarorlar qabul qiladilar. Bu esa, hozirgi davrda iqtisodiy sharoitlarga tezda moslashib olish va ular asosida faoliyat yuritishda o'ta muhimdir. Ushbu iqtisodiy tahlil nazariyasiga oid darslikni yozishdan maqsad - talabalarda nazariy qarash uchun zarur bo'lgan iqtisodiy tahlilning usullari, uslublarini o'zlashtirish va ko'nikmalarni hosil qilish asosida to'g'ri tahliliy-ijodiy fikrlashni shakllantirishdir. Mualliflar darslikni tayyorlashda o'z yordam va maslahatlarini bergan barcha insonlarga o'z minnatdorchiliklarini bildiradilar. Download 258.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling