Investitsion loyihalar tahlili


MAVZU: INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY-IQTISODIY BAHOLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI


Download 1.39 Mb.
bet2/23
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1598440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩

MAVZU: INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY-IQTISODIY BAHOLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI

  1. Masala:

Makroiqtisodiy nazariyada investitsiyalarning talqini
Makroiqtisodiy nazariyada investitsiyalar - I, uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari - S , hukumat xarajatlari - G hamda sof ekshort xarajatlari - Xn bilan birga jami xarajatlarni (jami talab) tashkil etadi yoki uning bir qismi deb qaraladi. Ya’ni:
YaMM = G + I + G + Xn
Investitsiya mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib yopiq iqtisodiyot jamg‘armalari hisoblanadi. sharoitida mamlakatdagi uy xo‘jaliklari — Sr hamda hukumat jamg‘armalari -Sg
S = Sp + Sg
Ochiq iqtisodiyot sharoitida bunga xorijga chiqariladigan mamlakat ichki jamg‘armalari bilan xorijdan investitsiyalar va kreditlar ko‘rinishida kirib keladigan jamg‘armalar o‘rtasidagi farq Sxn ham qo‘shiladi:
S = Sp + Sg + Sxn
Investitsiyaga talab funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Italab= Ye – dR + nY
Bu yerda: Itala6- iqtisodiyotda investitsiyalarga talab hajmi; Ye — foiz stavkasi nolga teng bo‘lgandagi investitsiyalarga maksimal talab hajmi; d — foiz stavkasi o‘zgarishiga investitsiyalar hajmi o‘zgarishi bog‘liqligini ko‘rsatuvchi empirik koeffitsient; R — bank foiz stavkasi; n — investitsiyalashga cheklangan moyillik; Y — jami daromad (yalpi milliy mahsulot);

Investitsiyalashga cheklangan moyillik investitsiya xarajatlaridagi o‘zgarish miqdorining (ΔI) jami daromadlar o‘zgarishidagi(ΔY) ulushini ko‘rsatadi.
n=ΔI / ΔY
1-masala
Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
a) xarajat oqimlari bo‘yicha YaIM hajmi;
b) daromad oqimi bo‘yicha YaIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra);
v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.

Hisob

Mlrd.
pul birl.

Korporasiyalarning taqsimlanmagan foydasi

10

Sof eksport

20

Dividendlar

105

Korporatsiyalar foydasiga soliq

10

Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib olinishi

1000 

Alohida qo‘yilmalardan daromad

340

Foiz

400

Ijara to‘lovi

25

Yalpi xususiy ichki investitsiyalar

610

Yollanma ishchilarning ish haqi

3140

Biznesga bilvosita soliqlar

400

Iste’mol qilingan kapital hajmi

500

Shaxsiy iste’mol xarajatlari

3300

Yechish:
a) YaIM = S + G + I + Xn=3300+610+1000+20=4930
bu yerda:
S – iste’mol xarajatlari,
G – tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib olinishi,
T – yalpi investitsiyalar,
Xn – sof eksport.
b) Daromadlar bo‘yicha YaIMni Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi (10), dividendlar (105), Korporatsiyalarning foyda soliqlari (10), alohida qo‘yilmalardan daromadlar (340), foizlar (400), ijara to‘lovi (25), yollanma ishchilarning ish haqi (3 140) biznesga bilvosita soliqlar (400), iste’mol qilingan kapital hajmi (500)ni qo‘shgan holda aniqlaymiz. Daromad bo‘yicha YaIM = 4 930 mlrd. pul birligi. Xarajat bo‘yicha YaIM daromad bo‘yicha YaIM ga teng.
v) SIM = YaIM – amortizatsiya;
SIM = 4 930 – 500 = 4 430 mlrd. pul birligi;
g) MD = SIM – biznesga bilvosita soliqlar;
MD = 4 430 – 400 = 4 030 mlrd. pul birligi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling