Investitsion loyihalar tahlili
Annuitetning kelgusi qiymati
Download 1.39 Mb.
|
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akq = As x Kak ;
- Akq = 50,0 x 6,7102 = 335,5 ming so‘m
Annuitetning kelgusi qiymati
Oddiy annuitetning kelgusi qiymati deganda bugungi kundan boshlab to belgilangan vaqtgacha davrlar bo‘yicha bir xil to‘lovni amalga oshirganda ma’lum foiz stavkasi bilan qancha miqdorga ega bo‘lishi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda oddiy annuitetning kelgusi qiymati puldorning tegishli stavkada bir xildan investitsiya qo‘yib borsa ma’lum davrdan keyin uning miqdori qancha bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan, «Jamshid» firmasi har yili 50,0 ming so‘mdan besh yil davomida 15 % lik stavka bilan investitsiya qo‘yishga qaror qildi. Uni shu besh yildan keyingi investitsiyaning umumiy miqdori, ya’ni kelgusi qiymati (Akq) qiziqtiradi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalanish tavsiya qilinadi: Akq = As x Kak ; Eng avvalo, oddiy annuitetning kelgusi qiymatini aniqlaydigan koeffitsientni (Kak) topish lozim. Bu uchun diskontlashtirish koeffitsientining kelgusi qiymati ketma-ket ravishda qo‘shiladi. Bu holat quyidagi fomuladan foydalaniladi: Annuitetning kelgusi qiymatini topish uchun pul oqimlarining kelgusi qiymati (3-poragraf)da keltirilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Unda dvidend stavkasi 12 % (2.6.- jadval). Ushbu usul bilan aniqlangan koeffitsientlarning miqdori 4-ilovada keltirilgan. Ushbu jadvaldagi ma’lumotlarga asosan «Jamshid» firmasining ma’lumotlarini qo‘llab yechilsa, besh yildan keyin quyidagi natijaga ega bo‘lish mumkin (Z = 12 %) : Akq = 50,0 x 6,7102 = 335,5 ming so‘m Bu ma’lumotlardan xulosa shulki, agar «Jamshid» firmasi besh yil davomida har yili 50 ming so‘mdan investitsiya qo‘yib borsa, besh yildan keyin 12 % lik stavka bilan uning puli 335,5 ming so‘mga yetadi. Agar uni investitsiyaga qo‘ymasdan har yili 50,0 ming so‘mdan to‘plab borganda edi, uning mablag‘i shu besh yilda atigi 250,0 ming so‘mni (50 x 5) tashkil qilgan bo‘lur edi. U o‘z mablag‘ini investitsiyaga qo‘yib shu besh yil mobaynida 85,5 ming so‘m (335,5 - 250,0) foyda qilibdi. Shunday qilib, mablag‘ni investitsiyaga qo‘yish uni oddiy saqlashdan ko‘ra ancha samarali ekanligiga guvoh bo‘ldik. Oddiy annuitetning kelgusi qiymati qoplanadigan annuitet usuli bilan ham baholanadi. U holda vaziyat bir muncha o‘zgaradi. Qoplanadigan annuitet koeffitsienti birga kamaytirib olinadi, chunki to‘lov yil boshida amalga oshiriladi. U holda qoplanadigan annuitetning kelgusi qiymati (Qakq) quyidagicha aniqlanadi: Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling