MAVZU: INVESTITSIYA LOYIHALARINI BAHOLAShDA DISKONTLASHTIRISH USULI
Diskontlashtirish usulining mohiyati
Diskontlashtirish deganda investitsiya yoki pul oqimlarining kelgusidagi qiymatining bugungi joriy bahoda ifodalanishi tushuniladi.
Agar mulkdor ortiqcha mulkini investitsiyaga qo‘ymoqchi bo‘lsa, uning biror mo‘ljali bo‘lishi mumkin. Masalan u 10 yildan keyin 2,0 mln. so‘m pulga ega bo‘lishi kerak. Bunga 10 % dividend ko‘zda tutilgan bo‘lsa u bugun qancha mablag‘ qo‘yishi kerak? Aynan ana shu savolga pul oqimlarini diskontlashtirish orqali javob topish mumkin. Bu uchun qo‘yilgan investitsiyaning joriy qiymatini aniqlash lozim. Bu ko‘rsatkichni aniqlash lozim. Bu ko‘rsatkichni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Ushbu formulaga yuqoridagi misolda keltirilgan ma’lumotlarni qo‘llab yechadigan bo‘lsak quyidagi natijaga erishgan bo‘lamiz:
Ushbu hisob-kitobdan ko‘rinib turibdiki, mulkdor o‘n yildan keyin 2,0 mln. so‘mga ega bo‘lish uchun 10 % lik foyda stavkasi bilan bugungi kunda 771,0 ming so‘mlik investitsiya qo‘ysa bas ekan.
Loyiha tahlilida pul oqimlarini diskontlashtirish uchun diskontlashtirish koeffitsientidan foydalaniladi.
Diskontlashtirish koeffitsienti deganda investitsiya yoki pul oqimlari bir so‘mlik qiymatining ma’lum muddatdan keyin foiz stavkasini inobatga olgan holdagi miqdori tushuniladi.
Diskontlashtirish koeffitsientning joriy qiymatini ifodalovchi miqdori 1 bilan 0 o‘rtasida bo‘ladi. Mazkur koeffitsientning joriy qiymatini (Kdjq) aniqlash uchun o‘zidan oldingi koeffitsient miqdorini foiz stavkasining koeffitsientdagi ifodasiga bo‘lish kifoya. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish tavsiya qilinadi:
Ushbu formulaga asosan mazkur loyihaning 1 so‘mlik joriy qiymatini 15 % lik dvidend stavkasi bilan 7 yilga aniqlab olish talab qilinsa quyidagi jadval tuziladi (1-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |