Investitsion loyihalar tahlili


Aktivlar samaradorligini ifodalovchi koeffitsient (Kas)


Download 1.39 Mb.
bet18/23
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1598440
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩

Aktivlar samaradorligini ifodalovchi koeffitsient (Kas) ya’ni aktivlarning aylanuvchanligini martada ifodalaydigan mazkur ko‘rsatkichni aniqlash uchun barcha sotilgan mahsulotlar hajmini (Q) korxona aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatiga (B) bo‘linadi, ya’ni
;
Mazkur koeffitsient o‘ta muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo‘ladi:
* aktivlarning har bir so‘miga bir yilda qancha sotilgan mahsulot to‘g‘ri kelganligi;
* aktivlarning samaradorlik darajasi qanday ekanligi;
* aktivlarga qo‘yilgan investitsiyaning bir yilda necha marta aylanishi mumkinligi.
O‘z mablag‘lari samaradorligini ifodalovchi koeffitsient (Ko‘m)ni boshqacha qilib o‘z mablag‘larining aylanuvchanlik tezligi (martada) ham deyish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich investor uchun o‘ta muhim, chunki investitsiyaning hajmi bevosita o‘z mablag‘larida ifodalansa, ularning samaradorligi shu koeffitsient miqdori bilan aniqlanadi.
Mazkur ko‘rsatkichni aniqlashda sotilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini (Q) o‘z mablag‘larining o‘rtacha yillik qiymatiga (O‘m) bo‘linadi, ya’ni:
;
Ushbu ko‘rsatkich hajmining oshib borishi ijobiy holat. Ammo to‘g‘ri xulosaga kelish uchun
* o‘z mablag‘lari o‘sish sur’atini sotilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmining o‘sish sur’ati bilan solishtirish lozim;
* o‘z mablag‘lari o‘sish sur’atini chetdan jalb qilingan mablag‘lar o‘sish sur’ati bilan ham solishtirishga to‘g‘ri keladi;
* mablag‘lar manbalari tarkibida o‘z mablag‘lari va chetdan jalb qilingan mablag‘lar hissasini ham aniqlash kerak.
Debitor qarzlarning aylanuvchanlik koeffitsienti (Kda) investitsiya loyihasini amalga oshirishda aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ammo bu ko‘rsatkichga juda ustalik bilan yondoshish lozim. Zero debitor qarzlar bizning mablag‘imiz bo‘lgani bilan, hali ular boshqa shaxslar qo‘lida. Shu tufayli debitorlar haqida gap ketganda, albatta ularning tarkibini ikkiga bo‘lib o‘rganish, ya’ni umumiy debitor qarzlar bilan birgalikda ularning qanchasi muddati o‘tib ketgan debitorlarga to‘g‘ri kelishini aniqlash lozim.
Mazkur koeffitsienti hisoblash uchun sotilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini (Q) debitor qarzlarning o‘rtacha yillik qiymatiga (D) bo‘lish kifoya. Bu quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
;
Mazkur ko‘rsatkichning hajmi oshib borsa yaxshi. Agar u 10 ga teng bo‘lsa, debitor qarzlarga qo‘yilgan mablag‘ bir yilda 10 marta aylanganligidan dalolat beradi. Qancha tez aylansa shuncha yaxshi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichning ikkinchi jihati, debitor qarzlarga qo‘yilgan bir so‘m mablag‘ shu yil davomida qancha samara berayotganligini ham ifodalaydi. Mazkur holatda 1 so‘m debitor qarzlardagi mablag‘imizga 10 so‘m sotilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmi to‘g‘ri kelganligini ifodalaydi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling