Investitsion loyihalar tahlili


As - annuitet so‘mmasi; Koa


Download 1.39 Mb.
bet13/23
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1598440
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩

As - annuitet so‘mmasi;
Koa - oddiy annuitet koeffitsienti.
«Jamshid» firmasi hokimiyatga 2 ta xonadon foydalanganligi tufayli har yili 40,0 ming so‘mdan to‘lab turishi uchun 15 % lik dvidend stavkasi bilan bu yil 134,1 ming so‘m investitsiya qo‘yishi lozim ekan:
40,0 x 3,352 = 134,1 ming so‘m
Mazkur hisob-kitobdan shunday xulosa chiqarish mumkinki «Jamshid» firmasi har yili 40,0 ming so‘m ijara haqi to‘lab turishi uchun bu yil 15 % lik stavka bilan 134,1 ming so‘m investitsiya qo‘yish kifoya ekan. Agar shu firma investitsiyaga pul qo‘ymasa shu besh yil mobaynida 200,0 ming so‘m (40,0 x 5) mablag‘ to‘lashi kerak edi. U investitsiya qo‘yish evaziga 65,9 ming so‘m (200,0 - 134,1) foyda qildi.
Bu yerda 40,0 ming so‘m oddiy annuitet so‘mmasi, 3,352 raqam oddiy annuitetning joriy qiymatini aniqlovchi koeffitsient, 134,1 ming so‘m asosiy so‘mma yoki investitsiyaning boshlang‘ich qo‘yilishi lozim bo‘lgan qiymati.
Ta’kidlanganidek, oddiy annuitet yil oxirida to‘lansa, qoplanadigan annuitet esa davr boshida to‘lanadi. Agar oldingi «Jamshid» firmasining misoliga murojaat qiladigan bo‘lsak, u hokimiyatga besh yil davomida 40,0 ming so‘mdan ijara haqi to‘lashga to‘g‘ri keladi. Qoplanadigan annuitet usuli qo‘llanilsa qo‘yiladigan investitsiya 4 yilga hisoblanadi. Chunki yil boshida to‘lansa beshinchi yil uchun to‘rtinchi yilning oxirida to‘lash kifoya. U holda hisob-kitob va annuitet miqdori biroz o‘zgaradi. Bu esa quyidagi formuladan foydalanishni taqozo qiladi:

Agar o‘tgan misolimizdagi ma’lumotlardan foydalanadigan bo‘lsak, ushbu formula ma’lumotlari quyidagicha bo‘ladi:
Ajq = 40,0 x (2,855 + 1) = 154,2 ming so‘m
Ushbu so‘mma shuni ko‘rsatadiki, «Jamshid» firmasi hokimiyatga ijara haqini qoplanadigan annuitet usuli bilan to‘laydigan bo‘lsa shu yilda 154,2 ming so‘m 15 % lik stavka bilan investitsiya qo‘yishi lozim ekan. Bu holda firmaning foydasi 45,8 ming so‘mni (200,0 - 154,2) tashkil qiladi. Chunki bu holatda 40,0 ming so‘m yil boshida to‘lanib ketildi. Bu uchun bir yillik dvidend stavkasi hisoblanadi. Shu va shu kabi omillar natijada oddiy annuitet usuliga nisbatan 20,1 ming so‘m (154,2 - 134,1) ko‘p investitsiya qo‘yish lozim bo‘ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling