Investitsion loyihalar tahlili
INVESTITSIYa LOYIHALARINI MOLIYaVIY-IQTISODIY BAHOLAShNING METODOLOGIK ASOSLARI
Download 1.39 Mb.
|
ê¡óÑßΓ¿µ¿«¡ ½«⌐¿σá½áα Γáσ½¿½¿ Σá¡¿ñá¡ ½áí«αáΓ«α¿∩
INVESTITSIYa LOYIHALARINI MOLIYaVIY-IQTISODIY BAHOLAShNING METODOLOGIK ASOSLARI
Diskontlash haqida tushuncha Diskontlash – bu iqtisodiyotda XX asrning ikkinchi yarmidan jahon moliyaviy iqtisodiyotiga keng ko‘lamda kirib kelgan yangi nazariya va uslubdir. Investitsiya loyihalarini baholashning maxsus uslublari vujudga kelishiga sabab, pul mablag‘lari qiymatining vaqt davomida o‘zgarib turishidir. Ya’ni bugungi bir so‘m qiymati bir yil keyin olinadigan bir so‘m qiymati bilan bir xil emas. Buni juda oddiy misolda ko‘rishimiz mumkin. Agar siz 100 so‘m pulni 10 foiz stavka bilan bankka qo‘ysangiz, kelgusi yili (uni inglizcha omonatingiz: FV, ya’ni future value deb belgilymiz). FV1 =100+100 * 0,1=110 so‘mga teng bo‘ladi. FV1 = 100+ (100+0.10) = 100+10 = $110 yoki FV1 = 100*(1+0,1) ^1 = 110 FV2 = 100* (1+0.1) ^2 = 100*121 = $121 FV3 = 100* (1+0.1) ^3 = 100*1.33 = $133 Agar pulingizni yana bir yil olmaysiz, deb faraz qiladigan bo‘lsak, ikkinchi yilning oxiriga borib sizning omonatingiz: FV2=100(1+0,10)]*(1+0,10)]=100(1+0,10)2 =100*1,21 =121 so‘m bo‘ladi. Jamg‘armalar ko‘payishining bu modeli murakkab foizlar modeli deyiladi va quyidagicha yozilishi mumkin (1-formula): Bu yerda: FV (ing. future value) – bugun investitsiya qilinayotgan summaning kelgusidagi, ya’ni ma’lum davr o‘tgandan so‘nggi – investor ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymati; RV (ing.present value) – kelajakda daromad olish uchun investitsiya qilinayotgan summaning joriy (bugungi) qiymati; k – investitsiyalarning daro-madlilik darajasi. Bizning misolimizda u jamg‘arma omonatlari bo‘yicha bank foiz stavkasiga, umumiy hollarda esa bir necha muqobil loyihalar bo‘yicha eng yuqori bo‘lgan kutilayotgan sof foyda me’yoriga teng; n – investitsiyalar harakatda bo‘lib daromad keltirib turadigan muddat. Bizning misolimizda omonatlarni bankda saqlash davri (yil, oy, kun). Agar omonatlar bo‘yicha yiliga bir marta daromad hisoblansa, n yillarning tartib raqamini, har oyda hisoblansa, bir oylik davrlar tartib raqamini ko‘rsatadi. Diskontlashning ikkinchi turi kelgusi qiymatni hisoblashga teskari jarayon bo‘lib, kelgusida olidadigan summaning joriy davrdagi qiymatini hisoblab topish imkonini beradi. Bunda kelgusida ma’lum summmaga ega bo‘lish uchun bugun qancha miqdorda investitsiya qilish kerakligi hisoblab topiladi. Albatta, kelajakda olinadigan summa bugun biz foydali ishga sarflayotgan va biz kutgan miqdorda foyda keltiradigan investitsiya summasidan ko‘p bo‘lishi kerak emas. Diskontlashning bu turi joriy qiymatni hisoblash yoki keltirilgan, diskontlangan qiymatni aniqlash deyiladi. Bunday hisob-kitobni bajarish uchun kelgusi qiymatni hisoblash formulasiga nisbatan teskari formuladan foydalaniladi (2-formula): Bu yerda: RVn – n yildan so‘ng olinadigan summaning keltirilgan, joriy qiymati (diskontlash koeefitsenti k ga teng bo‘lganda n yildan so‘ng FVn miqdordagi summani olish uchun bugun qilinishi kerak bo‘lgan investitsiya summasi); FVn – n yildan so‘ng olinadigan summa. Misol: Aytaylik, investor traktor zavodining aksiyalarini sotib olmoqchi bo‘lsin. Zavodning har bir aksiyasi 10 ming so‘mdan taklif qilinayotgan va 5 yildan keyin aksiyalarning bahosi 2 marta oshishi kutilayotgan bo‘lsa, shuningdek, mablag‘ni bank depozitiga qo‘yganda 10 foiz daromad olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, aksiyalarni sotib olish maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qmi? Demak, aksiyalar bahosi 5 yildan so‘ng ikki martaga oshadi va 20 ming so‘mni tashkil etadi. Joriy qiymatni hisoblash formulasini qo‘llab, quyidagilarni topamiz: so‘m Demak, 5 yildan so‘ng har bir aksiyaning qiymati 20000 so‘mni tashkil etsa, uning bugungi qiymati 12418 so‘mga teng bo‘lar ekan. Ya’ni investor har bir aksiyani sotib olish uchun 10000 so‘mdan emas, 12418 so‘mdan sarflaganda ham mablag‘ sarflashning bu varianti bankka mablag‘ qo‘yishdan ko‘ra samaraliroqdir. Agar foiz stavkasi 15 foiz dan ortiq bo‘lsa, mablag‘ni bank depozitiga qo‘yish samaraliroq bo‘lishini xuddi shu usulda hisoblab topish mumkin. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling