Investitsion portfelning mohiyati, uni shakllantirishning maqsadlari va tamoyillari


Download 139.31 Kb.
bet1/17
Sana23.02.2023
Hajmi139.31 Kb.
#1224707
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
06,05,2021


MUNDARIJA

  1. Kirish

  2. Investitsion portfelning mohiyati, uni shakllantirishning maqsadlari va tamoyillari

  3. Investitsiya xavfi: mohiyati va tushunchasi

  4. Investitsion portfelni shakllantirish modellari

  5. To'g'ridan-to'g'ri va portfel investitsiyalarini aniqlash va ularni farqi

  6. Qimmatli qog'ozlarni tahlil qilish mexanizmi

  7. Xalqaro portfel

KIRISH
Bugungi investitsiyalar ertangi turmush tarzini belgilab beradi. Prezidentimizning “Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi”1 degan so’zlari fikrimizning isboti bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda ichki investitsiya manbalarining cheklanganligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni talab qiladi. O’z navbatida, investorlar biror mamlakatga investitsiya kiritishda kutilayotgan daromad miqdoriga ko’ra ish yuritadilar. Investorlar e’tiborini jalb etishda mamlakatning geografik o’rni, siyosiy ahvoli, iqtisodiy potentsiali kabi muhim omillar birlamchi ahamiyat kasb etadi. Afrika, O’rta Sharq va Xitoy mamlakatlarining bevosita xorijiy investitsiyalar kiritilishida eng yuqori pog’onalarda joylashganligi fikrimizning yaqqol dalili bo’lib xizmat qiladi. Odatda, investitsiya qabul qiluvchi mamlakatlarni uzoq muddatli investitsiyalar qiziqtirsa, investorlar esa qisqa muddatli investitsiyalar taklif qilishni xohlaydilar. Aktsiya va obligatsiyalarga kiritiladigan qisqa muddatli investitsiyalar portfel investitsiyalaryoki “issiq pul” deb ataladi. Issiq pul – yanada ko’proq miqdorda daromad olish yoki inflyatsiyaning salbiy ta’siridan qochish maqsadida bir sohadan boshqa sohaga yohud, bir davlatdan boshqa davlatga tezda o’tqaziladigan ko’p miqdordagi pul mablag’laridir.2


Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga maxsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Biroq bu hozirgi yuksak darajada integratsiyalashgan xo’jalik sharoitida davlatning muvofiqlashtiruvchi roli ob`ektiv ravishda ancha salmoqli bo’lib qolmoqda. SHu munosabat bilan investitsiya sohasiga davlatning faol aralashuviga yaqin yillar mobaynidagi makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaramoq darkor. Bu esa strategik maqsad – iqtisodiy o’sishni ta`minlash uchun amalga oshirilmog’i, bu raqobatbardoshlik va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi mezonlariga javob berishi lozim. Strategik maqsadga erishish makroiqtisodiy rejalashtirish asosida ta`minlanishi mumkinki, investitsiya jarayonlarini davlat yo’li bilan makroboshqarib turish bunday rejalab turishning eng muhim bo’g’inlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
I.A. Karimov ta`kidlashicha, «Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarimizni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas». 3Investitsiya faoliyatidagi burilishlarni ta`kidlangan vazifalarni echish; investitsiyalashning davlat mexanizmini erkinlashtirib borish va bozor mexanizmlari qo’llaniladigan sohalarni kengaytirish; investitsiyalashni o’z jamg’armalari hisobidan ta`minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish; loyihaviy, korporativ moliyalashtirish, sinditsiyalashtirilgan kreditlash, lizing kabi yangi usullardan foydalanish sohalarini kengaytirish talab qilinadi. Investitsion qarorlarni qabul qilish va samaradorligini baholashda, ayniqsa moliyalashda xorijiy manbalarning kengayib borishi munosabati bilan, tashqaridan jalb etiladigan manbalarning narx va qiymatlarini hisobga olish zarurati paydo bo’ladi
Boy rivojlangan mamlakatlardan kiradigan kapital rivojlanayotgan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar tomonidan qabul qilinishi kerak. Chunki xorijiy kapitallar investitsiyani moliyalashtiradi hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi va bu orqali mamlakat aholisi turmush tarzini yaxshilashga yordam beradi. Kapital oqimi rivojlangan mamlakatlarga esa portfellarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini yaratadi. Biroq kutilmagan qisqa muddatli katta hajmdagi kapital salbiy makroiqtisodiy ta’sir kuchiga ega. Issiq pulning kutilmaganda chiqib ketish holati iqtisodiyotga o’z salbiy ta’sirini o’tkazadi. Bu, albatta, sodir bo’lishi aniq bo’lgan holatdir. Oqibatda, asosiy vositalar narxi tushadi va shu mamlakat valyutasi muvozanati buziladi.


  1. Download 139.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling