Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi.
Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari.( Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati.)
Investitsiya subyektlari nuqtayi nazaridan investitsiyalar xususiy va daviat investitsiyalariga bo'linadi. Xususiy investitsiyalar o’z xususiy kapitali, zayomlar (shu jumladan, obligatsiyali zayomlar)
, shuningdek, jalb etilgan kapital hisobidan amalga oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy investitsiyalarning tarkibida asosiy o'rinni xususiy mulk egalarining investitsiyalari tashkil etadi.
Xususiy investitsiylarning o‘rni va ahamiyati. (Investor, o‘z mablag‘i, jalb qilingan mablag‘lar, tarst, risk)
Do'stlaringiz bilan baham: |