Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Download 79.03 Kb.
bet32/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
javoblar

chet el investitsiyalari – chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.
Xalqaro investitsiyalar jahon mamlakatlari o‘rtasida harakatda bo‘lgan investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o‘rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon iqtisodiyotidagi monopoliya hukmronligiga chek qo‘yadi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 30%dan oshadi. Bu ko‘rsatkich jahon savdosi o‘sishi sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o‘zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamg‘arilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga hamda davlatlararo harakatda bo‘ladi.
Investitsiyalarning tarmoq tarkibi haqida ma’lumot bering.(real investitsiya, moliyaviy investitsiyalar)
 Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Moliyaviy investitsiyalarning tarkibida portfel investitsiyalarni farqlash mumkin. Portfel investitsiyalar – mulkdan daromad olishda huquq beruvchi qimmatli qog‘ozlarga kapital qo‘yishdir. Moliyaviy aktivlarga investitsiyalar quyidagi shakllardagi qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi:

  • asosiy iqtisodiy agentlar faoliyati jarayonida yaratilgan barcha ko‘rinishdagi to‘lov va moliyaviy majburiyatlar;

  • naqd pullar;

  • joriy hisobraqamdagi mablag‘lar;

  • banklarga qo‘yilgan muddatli omonatlar;

  • turli xil qisqa muddatli qarz majburiyatlari;

  • obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha tasniflanishi mumkin:

    • kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish;

    • investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.



Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling