Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Investitsiya subyekti - investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo`lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlat


Download 79.03 Kb.
bet26/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
javoblar

Investitsiya subyekti - investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo`lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlat.

Investitsiya obyekti - mablag`lar, ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog`ozlar, bank depozitlari bo`lishi mumkin.




O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi?(Investitsiyaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar) Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish – bu investitsiya faolligini ta’minlash va shu asosda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun vakolatli davlat muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijro etuvchi va nazorat choralari tizimidir.

Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat subyektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z ifodasini topadi.


Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini tartibga solish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • investorlarni rag‘batlantirish;

  • milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

  • mamlakat hududida investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Mamlakatda investitsiya faoliyatini tartibga solishning zaruriy sharti bo‘lib, davlat qonunchiligi va huquqiy asosini shakllantirish hisoblanadi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  2. O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari;

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari;

  4. O’zbekiston Respublikasining tegishli davlat muassasalari yoki organlari tomonidan chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga solish, investitsion salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, yillik investitsiya dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, jalb etiladigan chet el investitsiyalari samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, jumladan:

      1. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustdagi “Konses- siyalar to‘g‘risida”gi 110-I-son qonuni.

      2. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi 263-I-son qonuni

      3. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Inves- titsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-son qonuni.

      4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28- yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5643-son farmoni.

      5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17- yanvardagi “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-son farmoni.



Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling