Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.(moliyaviy investitsiyalar, moliyaviy investitsiyalarning turlari )


Download 79.03 Kb.
bet25/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
javoblar

Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.(moliyaviy investitsiyalar, moliyaviy investitsiyalarning turlari ) Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (huddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida investor tasarrufida bo’lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatidan “qimmatli qog’ozlarga (aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar), ya’ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi”.
Moliyaviy investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi:

  • Muddatiga ko’ra:

    1. Uzoq muddatli;

    2. Qisqa muddatli.

  • Kiritish yo’nalishiga ko’ra:

  1. Aksiyadorlik jamiyatlari;

  2. Sho’ba korxonalari;

  3. Qaram xo’jalik jamiyatlari;

  4. Xorijiy kapitalga ega korxonalar;

  5. Boshqa korxonalar.

  • Ko’rinishiga ko’ra:

  1. Qimmatli qog’ozlar sifatida;

  2. Ta’sis badali sifatida;

  3. Qarz sifatida;

  4. Kredit sifatida.

  • Kiritilgan aktivlar turiga ko’ra:

  1. Uzoq muddatli aktivlar bilan;

  2. Qisqa muddatli aktivlar bilan.

  • Kiritish usuliga ko’ra:

  1. Qiymat usulida;

  2. Hissali (ulushli) qatnashish usulida.

Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi
Moliyaviy investitsiyalarning turlari. (Milliy valyuta, valyuta , banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlari, aksiya, obligatsiya,)
O’zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli.( investitsiya faoliyati tushunchasi,investitsiya obyekti, subyekti ) Tartibga solish (iqtisodiy) – bu iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining yo'nalishlarini aniqlash, yo'lga qo'yish va ma'lum tizimga solishga qaratilgan maqsadli yo'naltirilgan harakat. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda turli ususllar qio'llaniladi. Birinchi navbatda, davlat quyidagi shakllarda investitsiya faoliyatini tartibga soladi:

  • Investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va qonunosti hujjatlarini ishlab chqish;

  • Davlat investitsiyalarini bevosita boshqarish;

  • Davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish;

  • Investitsiya faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy usullari.

O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:

  • Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish;

  • Soliq to'lovchilar va soliq obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo'llash;

  • Asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;

  • Me'yorlar, qoidalar va standartlarni belgilash;

  • Monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash;

  • Kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o'tkazish;

  • Yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash;

  • Investitsiya loyihalariniekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;

  • O'zbekiston Respublikasinining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirish monitoringini yuritish.

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagilar ko'zda tutiladi:

    1. Investitsiya faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

    2. Investitsiya faoliyatini amalga oshirishda davlatning bevosita ishtiroki.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling