Investitsiya loyihalari samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili
Investitsiya loyihasining pul oqimlari tahlili
Download 181.92 Kb.
|
moliya
Investitsiya loyihasining pul oqimlari tahlili
Har qanday biznesni rivojlantirish va kutilgan daromadga erishish borasida marketing alohida oʼrin egallaydi. Marketingning maqsadi – yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori isteʼmol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz oʼzgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Marketing asosida bozorni har taraflama oʼrganish yoʼnalishlarining asosiylaridan quyidagilarni koʼrsatib oʼtish zarur: • talabni oʼrganish; • bozor tarkibini aniqlash; • tovarni oʼrganish; • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; • sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Har bir firma oʼz reklama faoliyatini reklama agentlarini yollash yoki reklama xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. Reklamaning samaradorligi koʼp jihatdan talabni oʼrganishni tashkil qilishga bogʼliq boʼlib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʼtkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda reklama matbuot, radio, televideniya va albattaki internet orqali olib boriladi, maxsus reklama roliklari namoyish etiladi. Reklama qilish, sotish shakli va uslubi xar bir korxona faoliyati, koʼrsatiluvchi xizmatiga asosan turlichadir. Shu oʼrinda mazkur biznesda mahsulotlar haqida isteʼmolchilarga maʼlumot berishning eng optimal yoʼllaridan biri bu “flaer” yaʼni mahsulot haqidagi qisqa va aniq maʼlumotlar keltirilgan, oʼzgacha dizayn asosida tayyorlangan tarqatma qogʼozlar, mijozlarga barcha maʼlumotlarni tezkor, ishonchli va doimiy ravishda yetkazishi koʼpgina muvaffaqiyatli korxonalar tomonidan ham sinalgandir. Marketing strategiyasi Oʼzbekiston Respublikasining Toshkent viloyati Sergeli tumanida Ogʼir yuk tashish xizmatini tashkil etish boʼyicha samarali tizim tashkil qilish. Аsosiy xizmat turi quyidagi: Ogʼir yuk tashish. Xaridorlar guruhi: Shahar va viloyat aholisi. Marketing strategiyasini ishlab chiqish, taqdim etilayotgan xizmat, narxlar va ragʼbatlantirish yoʼnalishidagi strategiyalarni ishlab chiqishni oʼz ichiga oladi. Ishlab chiqilgan strategiyalar quyida keltirilgan. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi: № Nomi Oʼlchov birligi Oʼrtacha xizmat narhi, soʼm 1. Ogʼir yuk tashish xizmatini tashkil etish reys 1 428 000 Narx strategiyasi Narxlar strategiyasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Raqobatchilarning narx siyosatini oʼrganish; 2. Chegirmalar qoʼllash; 3. Xarajatlarni qoplashni va amaldagi qonunchilikni hisobga olgan holda narxlarni shakllantirish; 4. Toʼlovning moslashuvchan shakllarini taʼminlash. Targʼibot strategiyasi Belgilangan marketing maqsadlariga erishish kompaniyadan joylashishni aniqlashning tanlangan xususiyatini amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va amalga oshirishni talab qiladi. Targʼibot ishlariga reklama faoliyatini qoʼshish talab etiladi. Reklama vositalari sifatida quyidagilar foydalaniladi: 1. Maxsus bosma tashkilotlar; 2. TV va radio maxsus dasturlari; 3. Oʼz veb saxifalari; 4. Internet marketing. Download 181.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling