Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni tashkil etish
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishni takomillashtirish yo’llari
Download 31 Kb.
|
Investitsiya - tender
3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishni takomillashtirish yo’llari
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishda loyihalarning ma’lum ilm-tadqiqot, amaliy izlanishlar va marketing tadqiqotlari natijasida tuzilishi hamda ilmiy-texnik, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-ekologik jihatdan asoslanishi zarurdir. Izlanishlar natijasi sifatida aniq g’oya va loyihalarning konsepsiyasi yaratiladi va ishlab chiqiladi. G’oya esa real va aniq davr bilan chegaralanadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishda ularning yo’naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, ob’yektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi mumkin. Investitsiya loyihasi o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi. Tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishda investitsiya loyihasi g’oyasining shakllanishi muhim rol o’ynaydi. Uning murakkab jarayonlar asosida yaratilishida turli tadqiqotlar va tahlil etish etish ishlarini olib boruvchi mutaxassislarning asosiy o’rin egallashlarini alohida e’tiborga olmoq zarurdir. Investitsiya loyihasining o’ziga xos xususiyati uning amalga oshirilishi moliyalashtirishning turli shakllariga mos tushishi bilan izohlanadi. Bunda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun turli manbalardan mablag’larni jalb etish mumkinligi uning qulayligini, foydaliligini, samaradorligini va afzalligini oshiradi. Umuman olganda, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazish jarayoni, investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning mevasi, natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo’lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Ya’ni u cheklangan muddat va vaqt mobaynida foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadidagi bir-biri bilan bog’liq, bir-biri bilan aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yig’indisidir. Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling