Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni tashkil etish


Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tender savdolarini tashkil etish amaliyot tahlili


Download 31 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi31 Kb.
#1492901
1   2   3
Bog'liq
Investitsiya - tender

2. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tender savdolarini tashkil etish amaliyot tahlili
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi. Investitsiya dasturlarida muayyan davrda amalga oshirilishi mo’ljallangan loyihalar, ularning bajarilish bosqichlari va sarflanishi ko’zda tutilgan mablag’lar qiymati hududlar va tarmoqlar bo’yicha aks ettiriladi. Investitsiya dasturi uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, unda har bir yil uchun mo’ljallangan chora-tadbirlar alohida ifodalangan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi – bu mamlakat iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksidan iboratdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi.
Loyihaning Davlat Investitsiya Dasturiga kiritilishiga qo’yilgan talablar:

  • Investitsion loyihaning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosining mavjudligi;

  • Moliyalashtirish manbalarning aniqligi va shartnomada kelishilgan muddatda kreditlarning to’lanishi;

  • Shuningdek, loyiha tashabbuskori tomonidan loyiha pasporti, amalga oshirilish grafigi va loyiha holati haqida batafsil ma’lumot tayyorlanadi.

Loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillari:

  • ishlab chiqarilgan masulotlarni sotish bozorini o’rganish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor kon’yukturasiga mosligi va mahsulot tannarxining raqobatbardoshligi;

  • mahalliy xom-ashyodan foydalanish darajasi;

  • mahsulot sifati, tegishli sertifikatga ega bo’lishi;

  • zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.

Xususiy kapitalning yetarliligi, texnik iqtisodiy asosning mukammalligi quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:

  • marketing tadqiqotlari

  • texnologik jarayonning yoritilganligi

  • loyihaning iqtisodiy-moliyaviy ko’rsatkichlari

O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi bo’yicha yoki umuman O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bo’yicha berilgan imtiyozlarning aniq ro’yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tender savdolarini tashkil etish yo’nalishlari – eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, mukammal investitsion siyosatning amalga oshirish yo’li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o’z mablag’larini ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tender savdolarini tashkil etishda investorlar tomonidan tashkil etilgan turli manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo’li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog’ozlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tender savdolarini o’tkazishda loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi kunda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini o’tkazishda ishtirokchi tomonlarning moliyaviy tomonlariga ham katta e’tibor qaratilishi lozim. Chunki bugungi kunda ko’plab loyihalar ustidan tender o’tkazilgandan so’ng, tenderda yutib olgan ishtirokchining ma’suliyatsizligi tufayli loyihalar o’z vaqtida amalga oshirilmayapti. Bu holatni biz ayniqsa qishloq joylarida qurilayotgan uy-joy qurilishlarida ko’rishimiz mumkin.

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling