Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz davom etuvchi faoliyat bo‘lib, moliyaviy xisob-kitoblar alohida tarzda olib boriladi. Muassasa tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida moddiy resurslar va tovar xom ashyo materiallardan foydalaniladi.
MUASSASA XIZMAT KO‘RSATISH QUVVATLARI
Y uqorida aytib o‘tilganidek tashkil etilayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi 25 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashga ixtisoslashgan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish quvvati 25 o‘rinni tashkil etadi.
ISHCHI KUCHI RESURLARI VA ULARGA BO‘LGAN TALAB
U shbu loyixa bo‘yicha ishchi kuchi va xodimlarga bo’lgan talabi 3 tani tashkil kiladi. Shundan tarbiyachilar 1 nafarni, tarbiyachi yordamchisi (nyanka) 1 nafarni, oshpaz 1 nafarni tashkil qiladi.
Ma’muriy xodimlar tarkibi muassasa mudiri hisoblanadi. Ishchilarning ish vaqti 8 soatlik ish kuni
tartibida tashkil etilib, ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:00 gacha
ENERGIYA RESURLARI SARFI
Y uqorida ta’kidlab o‘tilganidek tashkil etilishi mo‘ljallanayotgan muassasada barcha energota’minot tizimlariga ulanish imkoniyati mavjud. Ta’mirlash smeta loyixasida ularga to’liq ulanish ko‘zda tutilgan.
O‘rta hisobda ichimlik suv sarfi asosan muassasa tarbiyalanuvchilarini va ishchi xodimlarni ichimlik ta’minoti uchun sarflanadi. Boshqa maqsadlarda ishlatish uchun esa suv oqava muassasalari tomonidan yetkazib beriladigan suvdan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Elektroenergiya sarfi asosan elektr jihozlarni ishlatish va ma’muriy binoni yoritish uchun sarflanadi. Shu sababdan xo’jalikning oylik elektroenergiya resurslariga bulgan talabi 400 kVt va yillik sarf miqdori 4800 kVt.ni tashkil etadi.
Elektroenergiya va boshka resurslar ta’minotining zaruriy miqdori yildan yilga xizmat ko‘rsatish quvvatlarining oshishi yoki uskunalarni jismonan eskirishi hisobidan oshib borishi taxmin qilinib, oshib borish ko‘rsatkichi 0,5 ga teng (ya’ni 5 %) deb olindi.
Elektroenergiya ta’minoti uchun to‘lovlarni amalga oshirish oyma-oy olib boriladi va №14 jadvalda oylik va yillik to‘lovlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |