Investitsiya miqdori 29,8 mln sum
BIZNES REJANING UMUMIY SHARXI
Download 0.7 Mb.
|
Biznes Reja TIFT BS 22-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qilinadigan ishlar
BIZNES REJANING UMUMIY SHARXILoyihani amalga oshirish uch boskichdan iborat:1 – bosqich: Tayyorgarlik ishlarini tashkil etilishi, Vaqt oralig‘i: 1 – 2 oylar. Qilinadigan ishlar: Loyihani amalga oshirish uchun zaruriy mablag‘ va kapital resurs manbalarini aniqlash, loyihaning iqtisodiy hisob-kitoblari, texnik iqtisodiy asosi va biznes rejasini ishlab chiqish. Loyiha smetasini aniqlash. Oziq-ovqat, tovar moddiy resurslar sotib olish uchun mahsulot etkazib beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar va kelishuv bayonlari tuzish, undan tashqari maxalliy korxonalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyat yo‘lga qo‘yilgandan keyin birinchi chorak uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar va buyumlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar olib borish. Bank moliya muassasalariga ushbu loyihani amalga oshirish uchun zaruriy mablag‘ summasi va loyixa samaradorligini asoslovchi xujjatlar bilan belgilangan tartibda murojaat etish va zaruriy holatda kreditni o‘zlashtirish. 2 – bosqich: Ta’mirlash ishlari va investitsiyani o‘zlashtirish: Vaqt oralig‘i: 1-2 oylar. Qilinadigan ishlar: Loyihada ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirib ko‘zda tutilgan barcha ishlarni amalga oshirish, xizmat ko‘rsatish ta’mirlash ishlarini yakunlash, moddiy resurslar va shartnoma asosida ishlaydigan ishchilarni topish, oziq-ovqat mahslotlarini va tovar moddiy boyliklarni xarid qilish. 3–bosqich : Normal ish faoliyatining yo‘lga ko‘yilishi. Qilinadigan ishlar:maktabgacha ta’lim muassasasi xizmati ishlarini tashkil etish, xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlar, daromad va xarajatlarni xisobini yuritish va samarali ish faoliyatini tashkil etib oldindan ko‘zda tutilgan texnik iqtisodiy asoslov bo‘yicha xo‘jalik faoliyatini samarali yuritish va rivojlantirish. MTM faoliyatida eng katta e’tibor maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni komil inson bo‘lib etishishlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatib borishga qaratish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari va zarur buyumlar ta’minotchi korxonalar bazasidan yukori sifatli, qulay narxlarda xarid kilish orqali qondiriladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling