Investitsiya muxitini barqarorlashtirish orqali korxonalarga qo’shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlari. Reja: kirish


Investitsiya loyihalarini tayyorlash bosqichlari va amalga


Download 166 Kb.
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi166 Kb.
#1416687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
лочинбек курс иши

Investitsiya loyihalarini tayyorlash bosqichlari va amalga

oshiris yo’nalishlari.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha asosiy vazifalar belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 
Unda hukumat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi. 
Faol investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019-yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb eʼlon qilindi. 
2019-yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018-yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 
Videoselektor yigʻilishida ushbu yirik va muhim loyihalarni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 
Qayd etilganidek, xorijiy davlatlar va investorlar bilan faol ish olib borilayotgani natijasida jami investitsiyalarning 25 foizini toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari tashkil etmoqda. Xususan, joriy yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida 4,2 milliard dollar oʻzlashtirilishi koʻzda tutilgan. 
Prezident toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni soʻzsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini oʻzlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish amaliyotiga chek qoʻyib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, toʻqqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi. 
Bu boradagi vazifalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha tahlil qilindi. Xorijiy investitsiyalar ulushi oʻtgan yilgiga nisbatan kamaygan soha va tarmoqlar koʻrsatib oʻtildi. Yil oxiriga qadar qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarga talab yuqori boʻlgan soha va hududlarga yoʻnaltirish, ushbu resurslarning oʻzlashtirilishini nazoratga olish boʻyicha topshiriqlar berildi. 
Yigʻilishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga hududiy loyihalarni amalga oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. 
Shu boradagi ishlar natijasida oʻtgan yili 1 milliard dollardan ziyod investitsiyalar oʻzlashtirilgan, 133 ta yangi korxona ishga tushirilgan. Biroq hokimlar va ularning investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari ishni tashkil etishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani oqibatida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida ayrim obyektlar foydalanishga topshirilmay qolgan. 
Davlatimiz rahbari bunday loyihalarda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqish va ijrosini nazoratga olish yuzasidan topshiriq berdi. 
Joriy yilda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida 209 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 1,9 milliard dollar yoki oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻp mablagʻ oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. Yigʻilishda shu va mamlakatimiz elchilari koʻmagida shakllantirilgan qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun har bir hududga respublika idoralari rahbarlari masʼul etib biriktirildi. 
Endilikda hududlar va tarmoqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar koʻlamini kengaytirish, ularni amalga oshirishda qatʼiy nazorat mexanizmini oʻrnatish uchun yangi tizim tashkil etilishi maʼlum qilindi. Unga muvofiq: 
birinchi – viloyat hokimlari har haftada bittadan tuman yoki shaharga borib, elchilar bilan aloqa oʻrnatgan holda, u yerga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish choralarini koʻradi. Xuddi shunday tarmoq rahbarlari ham har haftada bitta viloyatga borib, oʻsha joydagi korxonalari bilan birga amaldagi loyihalarni bajarishni jadallashtirish va qoʻshimcha investitsiya loyihalari boʻyicha ishni tashkil etadi. Zarur hollarda mahalliy rahbarlar va tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni oʻrgatadi. Bosh vazir va uning oʻrinbosari elchilar ishtirokida hududlar va tarmoqlarga jalb qilingan xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish holatini muntazam muhokama qilib boradi. Natijalariga qarab, hokimlar va tarmoqlar rahbarlari ragʻbatlantiriladi yoki ularga nisbatan ish haqining 50 foizi miqdorida jarima qoʻllanadi. 
Hududlarga biriktirilgan respublika idoralari rahbarlari viloyat hokimlari va elchilar bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish holatini oʻrganib, ularning ijrosini jadallashtirish boʻyicha aniq choralar koʻradi. Shuningdek, qoʻshimcha loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va xorijiy investorlarni jalb qiladi. 
Ikkinchi – Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hududlar va tarmoqlarning investitsiya loyihalari boʻyicha takliflarini umumlashtirib, samaradorligini baholaydi va yagona elektron “onlayn” bazani shakllantiradi. 
Uchinchi – Tashqi ishlar vazirligi hamda hududlarga biriktirilgan elchilar yagona elektron bazaga kiritilgan loyihalarga xorijiy investorlarni jalb qiladi. 
Toʻrtinchi – Vazirlar Mahkamasi saralab olingan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlar bilan tegishli kelishuvlarni rasmiylashtirish choralarini koʻradi va ijrosini nazoratga olish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlaydi. 
Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarga investorlarni jalb qilishni yanada faollashtirish uchun har yili barcha hududlarda kamida bir marta xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida investitsiya forumlari oʻtkazish, shuningdek, xorijdagi yirik xalqaro investitsiya forumlarida yurtimiz tadbirkorlari ishtirokini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligiga joriy yilda hududlarda tashkil etiladigan investitsiya forumlari reja-jadvallarini shakllantirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. 
– Eng muhimi, investitsiya loyihalarini toʻgʻri joylashtirish kerak. Bu borada investorlarning yagona talabi – loyiha moʻljallangan joy zarur infratuzilma tarmoqlariga ega boʻlishidir. Shuning uchun yaqinda urbanizatsiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha Prezident qarorini qabul qildik. Bundan asosiy maqsad – infratuzilma mavjud va rivojlanishi qulay boʻlgan joylarga investorlar jalb qilinsa, sanoatning tizimli rivojlanishiga erisha olamiz. Sanoat bor joyda ish oʻrinlari va daromad boʻladi, uy-joylar, ijtimoiy obyektlar, shaharchalar barpo etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Videoselektor yigʻilishida yana bir muhim masala – xorijiy investorlar loyihasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Joriy yilda tijorat banklari xorijiy banklarning jami 740 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlarini jalb qilishi belgilangan. Yigʻilishda uzoq muddatli, past foizli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kredit resurslarini jalb qilish ishlarini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi. 
Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida ishonchli loyihalar portfelini shakllantirib borish tizimini yaratish masalasi ham muhokama qilindi. Joriy yilda 84 ta loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard dollar mablagʻini oʻzlashtirish koʻzda tutilgan. Yigʻilishda bu loyihalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida tahlil qilinib, ularni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab berildi. Bundan tashqari, 2 ming 800 ta ijtimoiy soha va infratuzilma obyektini qurish va taʼmirlash rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari xalqimizning hayot sifatiga daxldor bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar, sogʻliqni saqlash obyektlari, yoʻllar, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini taʼkidladi. Videoselektor yigʻilishida Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosini tashkil etish yuzasidan koʻrilayotgan choralar haqida hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va viloyat hokimlarining hisobotlari tinglandi. 
Toshkent shahrida 30-may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz hududlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning holatini tanqidiy tahlil qilish va baholash masalalari ko‘rib chiqildi. 
Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkor va investorlar qatnashdilar. 
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqardi. 
Davlatimiz rahbari investitsiyalar hajmini izchil ko‘paytirib borish, zamonaviy ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, muhim ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, eng asosiysi, aholining hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilashning hal qiluvchi omili ekanini ta’kidladi. 
2017-yilgi Investitsiya dasturiga umumiy qiymati 50 milliard AQSh dollariga teng 545 investitsiya loyihasi kiritilgan bo‘lib, yil davomida 7,3 milliard dollarlik sarmoyalarni o‘zlashtirish belgilangan.  Shuningdek, 2017-yilda umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo‘lgan 170 yangi ishlab chiqarish obyektini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida umumiy qiymati 73,5 million dollarlik 9 loyihani amalga oshirish ishlari yakunlangani alohida qayd etildi.  Investitsiya dasturiga kirmagan, davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tumanlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan, hududlar miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 trillion 300 milliard so‘mlik mingdan ziyod yirik loyihalar amalga oshirilayotgani, bugungi kunda ularning 39 tasi bo‘yicha obyektlar ishga tushirilgani ta’kidlandi.  Shu bilan birga, yig‘ilishda ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, buning oqibatida ko‘pgina investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qattiq tanqid qilindi. Jumladan, shu yilning birinchi yarmida 10 loyiha bo‘yicha obyektlarni ishga tushirish muddatlari asossiz ravishda kechiktirib yuborilgani, 9 loyihani moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish, 10 loyiha yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash ishlari paysalga solib kelinayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoqlar rahbarlari va loyihalar tashabbuskorlari oldiga ana shunday muammolarni tezlik bilan hal qilish, bu boradagi qoloqlik holatlarini bartaraf etish qat’iy vazifa qilib qo‘yildi.  Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilmasligi oqibatida zamonaviy obyektlarni ishga tushirish muddatlari kechikishi, bu esa talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarning bozorga yetib borishiga, qancha-qancha odamlar, avvalo, yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.  Yig‘ilishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi sustkashlik sabablaridan biri eng quyi tizimda, ya’ni, tashabbuskor tuzilmalar va loyiha institutlari darajasida tegishli hujjatlar yetarlicha puxta ishlab chiqilmasligi bilan bog‘liq ekani qayd etildi.  O‘tkazilgan o‘rganish va tahlillardan ayon bo‘lmoqdaki, ayrim istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‘lib, ularning moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan natijalar bo‘yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ikki oy muddatda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, Investitsiya dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish, istiqbolli investitsiya loyihalari bazasini yaratish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish haqida topshiriqlar berildi.  Bu borada kelgusi yil uchun mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga faqat puxta ishlab chiqilgan, loyiha-smeta hujjatlari tayyor va moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lgan investitsiya loyihalarini kiritishga alohida e’tibor berish zarurligi ta’kidlandi. 
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududlar rahbarlarining istiqbolli loyihalarni shakllantirish sifati uchun shaxsiy javobgarligi va mas’uliyatini oshirish lozimligi qayd etildi. Bu borada har bir rahbar o‘z tarmog‘i yoki hududini rivojlantirish bo‘yicha aniq ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni, kelgusi yillarda qanday loyihalarni amalga oshirish zarurligini har tomonlama chuqur bilishi, yaqqol tasavvur qilishi shart.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan yangi nazorat mexanizmini joriy etish bugungi kun talabiga aylanib borayotgan dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi. Ana shu mexanizm asosida Iqtisodiyot vazirligi har bir loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam monitoring qilib, uning natijalari to‘g‘risidagi haftalik axborot va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.  Vazirlar Mahkamasi har haftada tegishli tarmoqlar rahbarlari bilan mavjud muammolar va qoloqlik sabablarini muhokama qilib, ularni bartaraf etish, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishi lozim. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura va Hisob palatasi bilan birgalikda har oyda ikki marta amalga oshirish jarayonida qandaydir muammo paydo bo‘layotgan loyihalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazib, ularni amaliy jihatdan hal etishi zarurligiga e’tibor qaratildi.  Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar, hokimliklar rahbarlarining hisobotlari, takliflari eshitildi va muhokama qilindi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarining kiritilishiga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytiladi.
Hujjat bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi. Yirik investitsiya loyihalari doirasida bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari soddalashtirilgan tartibda investorlarga doimiy foydalanishga investitsiya arizalari asosida beriladi.
Yirik kapital investitsiya loyihalarini soddalashtirilgan tartibda investorlarga doimiy foydalanishga tadbirkorlik sub'yektlari egaligida bo‘lmagan bo‘sh yer uchastkalari hisobidan beriladi.
Quyidagi holatlarda:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, temir yo‘l transporti obektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimlari obektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish) bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bino va inshootlar hamda qishloq xo‘jalik ekinlari joylashgan yer uchastkalari ham soddalashtirilgan tartibda investorlarga beriladi.
Yirik kapital investitsiya loyihalari doirasida bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari soddalashtirilgan tartibda quyidagi yuridik shaxs bo‘lgan investorlarga doimiy foydalanishga beriladi:
investorda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun DTIA yoki DTIH mavjud bo‘lganda;
doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarida investitsiya loyihalari doirasida bino va inshootlar qurish tajribasi mavjud bo‘lganda;
kiritilayotgan investitsiyaning hajmi 10 mln. dollardan kam bo‘lmaganda.
Mintaqalar hamda aholi punktlarining turiga nisbatan investitsiya loyihalari hajmining eng kam miqdori quyidagicha belgilanadi:
Buxoro va Samarqand shaharlari va ushbu shaharlar atrofi zonalari uchun – 20 mln. dollar va undan yuqori;
Toshkent viloyatining butun hududi (shu jumladan viloyatdagi holi punktlarining hududlari), viloyat markazi bo‘lgan boshqa shaharlar (Nukus, Termiz va Urganch shaharlaridan tashqari) va ushbu shaharlar atrofi zonalari uchun – 15 mln. dollardan 20 mln. dollargacha;
Nukus, Termiz va Urganch shaharlari hamda aholi soni 50 ming kishidan oshgan tuman markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar hamda ushbu shaharlar atrofi zonalari uchun uchun – 10 mln. dollardan 15 mln. dollargacha;
aholi soni 50 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlari hamda aholi punktlararo hududlar (Toshkent viloyatining butun hududi bundan mustasno) uchun 10 mln. dollardan kam bo‘lmagan hajmda.
Investor investitsiya arizasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasiga beradi.
Investor o‘zi ishchi organga kelib murojaat etganda ariza qog‘oz ko‘rinishida beriladi. Investor arizani elektron tarzda yuborishni xohlaganda uni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
Investitsiya arizasida yer uchastkasi zarur bo‘lgan maqsadlar, uning joylashgan joyi va o‘lchami, talab qilinadigan maydonning asoslanishi, qurilish ishlarini boshlash va tugallashning taxminiy muddatlari, yuridik shaxsning pochta manzili, rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasporti ma'lumotlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun DTIA yoki DTIH;
investor yuridik shaxs bo‘lganda uni davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi;
doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarida investitsiya loyihalari doirasida bino va inshootlar qurish tajribasi mavjudligi to‘g‘risida ma'lumotnoma;
kiritilayotgan investitsiyaning hajmi 10 mln. dollardan kam bo‘lmaganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ishchi organ besh ish kuni davomida:
investitsiya arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda investitsiya loyihasi bo‘yicha dastlabki xulosani tayyorlaydi;
investitsiya arizasini hamda investitsiya loyihasi bo‘yicha dastlabki xulosani ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali elektron ko‘rinishda yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimi tegishli tuman (shahar) hokimligi bilan birgalikda investitsiya arizasini yigirma ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va investitsiya loyihasini dastlabki ma'qullash yoki me'yoriy-huquqiy aktlarning aniq normalariga asoslangan rad etish to‘g‘risidagi xatini “YERELEKTRON” AAT orqali elektron ko‘rinishda yuboradi.
Xatga Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hududiy organi tomonidan tayyorlangan yer uchastkasini tanlash va ajratish materiallari ilova qilinadi.
Yer uchastkasini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash, kelishish va ushbu ishlar uchun to‘lovni amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risida nizom”da belgilangan tartibda bajariladi.
Investitsiya arizasiga rad javobi berish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganligi;
so‘ralgan yer uchastkasi shaharsozlik, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya, tabiatni muhofaza etish normalari va qoidalariga muvofiq emasligi;
so‘ralgan yer uchastkasida quriladigan bino va inshootlar qurish tutash yer uchastkalari egalarining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishi.
Investitsiya arizasiga boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat'iyan taqiqlanadi.
Ishchi organ bir ish kuni davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimi tomonidan ma'qullangan investitsiya loyihasini ko‘rib chiqish hamda “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq investitsiya loyihalarining sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablari va boshqa talablar bajarilishiga taalluqli qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasini o‘tkazilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga “YERELEKTRON” AAT orqali elektron ko‘rinishda yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
qonunchilikda belgilangan tartibda investitsiya loyihasini ekspertizadan o‘tkazilishini ta'minlaydi;
ekspertizaning ijobiy xulosasini yoki asoslantirilgan rad javobini investorga va tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.
Yirik investitsiya loyihalari doiralarida bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risida qarorni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari hamda hamda o‘z vakolatiga doir holatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.



Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling