Investitsiyalarning har xil turlari uchun turlicha baholash usullaridan foydalanish lozim, bu esa axborot ta`minotining turli darajada bo’lishiga bog’liq. Dastlabki real investitsiyalarni baholashda xususiy qarorlar, odatda, jo’n usullar bilan qabul qilinadi. Xususiy qarorlarni qabul qilishda investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: - Investitsiyalarning har xil turlari uchun turlicha baholash usullaridan foydalanish lozim, bu esa axborot ta`minotining turli darajada bo’lishiga bog’liq. Dastlabki real investitsiyalarni baholashda xususiy qarorlar, odatda, jo’n usullar bilan qabul qilinadi. Xususiy qarorlarni qabul qilishda investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
Statistik usullar. - Bu usullarda vaqt omili hisobga olinmaydi yoki to’liq darajada hisobga olinmaydi. Bularning uchta usullari mavjud:
- xarajatlarni taqqoslash;
- foydani taqqoslash;
- rentabellikni taqqoslash (investitsiyalar bilan bog’liq risklarni aks ettiradigan xarajatlarning qoplanish usuli).
Sof diskontlangan daromad - butun hisobot davri uchun joriy samaralar yig’indisining boshlang’ich qadamga keltirilgan miqdori yoki integral natijalarning integral xarajatlardan oshib ketishi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Agar investitsion loyihaning SDD miqdori ijobiy bo`lsa, u holda loyiha samarali, ya`ni investitsiya mablag’lari darajasining qabul qilingan diskont me`yorini ta`minlovchi hisoblanadi. - Agar investitsion loyihaning SDD miqdori ijobiy bo`lsa, u holda loyiha samarali, ya`ni investitsiya mablag’lari darajasining qabul qilingan diskont me`yorini ta`minlovchi hisoblanadi.
- Xarajatlar va ularning natijalari miqdorini keltirish ularni diskontlash koeffisienti (dt) ga ko`paytirish asosida amalga oshirilib, bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
- Bu erda: t - natijalarni olish (xarajatlarni amalga oshirish) davridan taqqoslash davrigacha bo`lgan muddat bo`lib, yillarda o`lchanadi.
- Diskont me`yori (E) - boshqa investorlar o`z mablag’larini xuddi shu turdagi loyihalarni amalga oshirish uchun kiritishga rozi bo`luvchi, kapitalning daromadlilik koeffisienti (daromad miqdorining kapital qo`yilmalarga nisbati).
Do'stlaringiz bilan baham: |