Investitsiya va investitsion faoliyat statistikasi


Download 0.9 Mb.
bet1/4
Sana16.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1679319
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxona investitsiya siyosati

Korxona investitsion siyosatini samarali tashkil etish masalalari

REJA

  • 1. Investitsiyalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida.
  • 2. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo`nalishlari.
  • 3. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
  • 3. Investitsion faoliyat statistikasi

Investitsiyalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida

  • Korxonalar xo`jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo`nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to`g’risida” gi qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
  • Investitsiyalar  korxonalar va xalq xo`jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg’or texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko`paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste`mol bozorini ta`minlashda alohida e`tiborga ega.

Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • investitsiyaviy g’oya(fikr)ni shakllantirish;
  • g’oyaning dastlabki asoslanishi;
  • loyihada ko`zda tutilgan texnik qarorning tahlili;
  • sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
  • investitsiya loyihasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish;
  • axborot memorandumini tayyorlash.

Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo`nalishlari

  • Investitsiyalardan (kapital qo`yilmalardan) foydalanishning asosiy yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
  • yangi qurilish;
  • korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
  • ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
  • harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
  • yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
  • Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo`shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo`shimcha, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling