Investitsiya va qurilish ishlari Asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar


Moliyalashtirish manbalari bo’yicha asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar


Download 0.67 Mb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1731751
1   2   3   4
Bog'liq
2 bob 1 rejaga ma\'lumot

Moliyalashtirish manbalari bo’yicha asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar

Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlarini moliyalashtirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan kuzatilib, o‘tgan 2020- yilga nisbatan 39,8 % ga ko‘paydi.

Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 56 989,9 mlrd. so‘m o‘zlashtirilib, jami hajmdagi ulushi 2020- yilga nisbatan 5,8 % punktga ko‘payib, 23,3 % ni tashkil etdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan quyidagi yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi:
 Davlat-xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (sinov loyihasi);
 Surxondaryo viloyatidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va mahsulotni taqsimlashga oid bitim asosida konni o‘zlashtirish, gaz-kimyo kompleksini barpo etish;
 Sho‘rtan-gaz kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
 2017-2021- yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha Dastur;
 “Muruntov” konini o‘zlashtirish (V navbati) 1- bosqich;
 2021-2022- yillarda respublika magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda, yangi texnologiyalar joriy etilmoqda, yangi turdagi tovarlar va xizmatlar paydo bo‘lib, bu tovarlar va xizmatlar sifatini yanada oshirish, pirovardida aholining hayot sifatini oshirish, milliy iqtisodiyotda raqobatni kuchaytirish uchun zamin yaratadi.

Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 19 545,4 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,0 % ini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 0,4 % punktga o‘sish) o‘zlashtirildi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalda o'zlashtirgan investitsiyalar tarkibi, mlrd so‘m

O‘zbekiston Respublikasida tog‘-kon sanoati va energetikani rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy investorlar uchun ushbu sohalarga investitsiyalar jalb etishda keng shart-sharoitlar yaratilmoqda, bunda davlat o‘zi boshchilik qilmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar sezilarli darajada jalb etilmoqda va samarali o‘zlashtirilmoqda.

2021- yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 17,3 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtiriloib, 2020- yilga nisbatan 67,4 % ni tshkil etdi. Ularning jami hajmidagi ulushi 2020- yilga nisbatan 3,9 % punktga kamayib, 7,1 % darajasida qayd etildi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling