Investitsiya va qurilish ishlari Asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar


O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari quyidagilar


Download 0.67 Mb.
bet3/4
Sana28.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1731751
1   2   3   4
Bog'liq
2 bob 1 rejaga ma\'lumot

O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari quyidagilar:
 Magistral elektr tarmoq nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish;
 Respublika bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy qilish;
 Darg‘om kanalida Bog‘ishamol 2 KGESini qurish;
 “To‘palang GES” UKni modernizatsiya qilish;
 Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish;
 Lokomotivlarni xarid qilish yo‘li bilan lokomotiv parkini yangilash.

Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,0 % i yoki 22 229,2 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi. Aholi mablag‘lari hisobidan asosan uy-joylar qurish sohasida investitsiya faoliyati amalga oshirilgan.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3 114,4 mlrd. so‘mni (dollar ekvivalentida 293,5 mln. AQSH dollari) va jami investitsiyalardagi ulushi 2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 % punktga ko‘payib, 1,3 % ni tashkil etdi. Shuningdek, mazkur jamg‘arma hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalar hajmi 2020- yilga nisbatan 11,9 % ga o‘sdi.
2021- yilning yanvar-dekabrida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalari:
 Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
 Toshkent shahrida yer usti halqa metropolitenini qurish;
 Yangi Boing-787-8 samolyotini xarid qilish;
 Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (Faza- III).

Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan asosan iqtisodiy va ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2020- yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Ularning hajmi 21 498,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 35,8 % ga oshgan.

Shuningdek, Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan investitsiyalar 2020- yilga nisbatan 32,7 % ga oshib, 2 860,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Respublika budjeti va suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan investitsiyalar ulushi ko‘paydi va mos ravishda 8,8 va 1,1 % ni tashkil etdi.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hududiy tarkibida eng yuqori koʻrsatkichlar bir vaqtning oʻzida uchta hududda qayd etildi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Mazkur hududlarda o‘zlastirilgan jami investitsiyalarning 12,7 % i Respublika budjeti hisobidan amalga oshirildi.
Korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan investitsiyalar boʻyicha eng yuqori ulush Jizzax viloyatida kuzatilib, bu viloyatda oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 47,5 % ini tashkil etdi. Shuningdek, Toshkent shahrida 40,2 % va Toshkent viloyatida 37,1 % ni tashkil etdi.
Xorazm viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar eng katta ulushni egalladi – 21,0 %.






Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling