Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


Biznes rsjannng maqsadn, vazifalari va talablari


Download 204.77 Kb.
bet14/20
Sana18.10.2023
Hajmi204.77 Kb.
#1707432
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20

Biznes rsjannng maqsadn, vazifalari va talablari

Biznes reja o‘rta va kichik tadbirkorlar yoki dehqon va fermerlarning aniq goyaga asoslangan hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va tijorat bilan shugullanish istiqbollari (modellashtirish dasturi) yoki hisob-kitoblar majmuasi aks etgan hujjatdir.


Dasturda (2-5 yil uchun), birinchi yil ko‘rsatkichlari oyma-oy, ikkinchi yil ko‘rsatkichlari chorakma-chorak va qolgan yillarniki esa yil kelishida yoritilishi maqsadga muvofiqdir.
Biznes rejani tuzishdan maqsad:
-birinchidan, sarmoyador, homiy, hissador va bankirlarning pul mablaglarini ishlab chiqarishga jalb etish;
-ikkinchidan o‘z xodimlarini maqsad, vazifa va istiqbolga ishontirish va qiziqtirish;
-uchinchidan, o‘z goyalarining foyda keltirishga ishonib, rejali va samarali boshqarishni tashkil etish.
Biznes rejaning bozor iqtisodiyoti davrida dolzarbligi kuyidagi omillar ta'sirida shakllanadi:
  • birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiyotiga yangi mulk shakllari, ishlab chiqarish munosabatlari kirib kelishi bilan o‘rta va kichik tadbirkorlik hamda fermer, ijarachi-pudrat- chilarning yangi avlodlari shakllanmoqda. Ular uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil etish va iqtisodiyot bilan bogliq bo‘lgan muammolarni hal etish biznes- rejasiz mumkin emas;


  • ikkinchidan fermerlar, o‘rta va kichik tadbirkorlik uchun ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda tamoman yangicha munosabat - tavakkalchilik, raqobat, raqobatga chidash va unda yengib chiqish sir-sinoati ham biznes reja orqali hal etiladi;


  • uchinchidan, xorijiy mamlakatlar investitsiyalarini jalb etmasdan ishlab chiqarishni kengaytirish, yangilash va samaradorli- gini ko‘tarish juda kagga muammoga aylanmoqda. Shunday bir davrda xorijiy mamlakatlar investorlariga buyurtmalarni dolzarb va sa- maradorligini isbotlab berish va ularga sarflanadigan mab- lag‘larning yuksak darajada foyda berishini har jihatdan ko‘rsata bilish uchun ham biznes-reja zarurdir.


Yuqorida qayd etilgan muommolarni turli shakldagi qishloq xo‘jalik korxonalarida yechimini topishda, biznes-rejaning o‘zi kifoya qilmaydi. Biznes-reja dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida


ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan texnologik xaritalar, me'yoriy hujjatlar va birlamchi agronomiya, zooveterenariya ham buxgalteriya hisob-kitoblari bilan to‘ldirilishi shart.
Biznes-reja quyidagi vazifalarni yechishga qaratilishi lozim:
  • dehqon va fermerlar, ijarachi va pudratchi jamoalari o‘z ishlarini qanday boshlash;


  • qanday qilib ishlab chiqarishni samarali yurgizish va tovarni bozorg‘a olib chiqish;


  • yangi ishlab chiqarishni kimlar bilan tashkil etish va qachon dastlabki daromadlarni olish;


  • tavakkalchilik xavf-xatarini qanday kamaytirish;


  • oyoqqa turib olish hamda rakobat kurashida yutib chiqish.


Biznes-reja tuzish yordamida ijarachi va oila pudrati jamoalari dehqon va fermerlar uzlari uchun kuyidagilarni bilib oladilar:


  • biznes-rejani tuzish jarayonida o‘z ishlab chiqarish moliya faoliyatini har tamonlama tashkiliy- iqtisodiy va sotsial jihatdan tahlil qilish, o‘zi boshlayotgan ishni puxta bilishga, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirishga va xolisona baholashga olib kelinishini;


  • biznes-reja bu - tadbirkor bajaradigan faoliyatning tayyor rejasi ekanligini. Uni ishbilarmonlarning o‘z korxonalarini samarali boshqarishga hamda o‘ylagan ishlarini muvaffaqiyatli o‘tishiga yordamlashadigan ishchi dastur sifatida xizmat qilishini;


  • biznes-reja tadbirkorning o‘z goyasini boshqa hamfikrlariga, sarmoyadorlarga va bankirlarga yetkazadigan eng yaxshi sinalgan usul va shuningdek, moliyaviy faoliyatni aniq rejalashtirish ekanligini.



Qishloq xo‘jaligini (va har qanday sohani) rivojlantirish uchun aniq rejaning mavjudligi mazkur sohaning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanishi uchun muhim element hisoblanadi. Men buni o‘zimning Jahon Bankidagi o‘n besh yillik, 25 dan ortiq mamlakatda, jumladan so‘nggi besh yilda jadal rivojlanayotgan Sharqiy Osiyo mamlakatlarida orttirgan, tajribamdan kelib chiqib bilardim.


Men dunyoning aynan shu qismida, agar mamlakatda aslida mavjud ma’lumotlarga asoslangan uzoq muddatli strategik reja bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi sanoati sohasida ijobiy natijalarni anchagina tez ko‘rish mumkinligiga amin bo‘ldim.
Prezidentimiz tomonidan joriy yil 18 aprelda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning qonuniy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan
70 dan ziyod qonun hujjatlariga, shu jumladan, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga, Yer hamda Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ta’kidlash kerakki, bugun fermerlarimiz qishloq xo‘jaligining asosiy kuchiga aylanmoqda. Ayni paytda respublikamizda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari o‘ndan ziyod yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgani, oxirgi ikki yilda ko‘p tarmoqlilar soni 45 foiz ko‘payib, 75 mingtaga yetgani fikrimiz tasdig‘idir.
Binobarin, qishloq mulkdorlarining sa’y-harakati, tashabbusi, izlanishlari tufayli yuz minglab kishilar bandligi ta’minlanayapti.
Paxta hamda g‘alla ekilayotgan past rentabelli maydonlar yildan-yilga qisqartirilib, ularning o‘rniga intensiv bog‘lar, yong‘oqzor va tokzorlar barpo etilayotgani hamda boshqa serdaromad ekinlar ekilayotgani diqqatga sazovor.
Pirovardida ayni paytda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizdan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari hissasiga to‘g‘ri kelayotir.
Shu o‘rinda parlament quyi palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Yer kodeksiga hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirganini ta’kidlash joiz.
Jumladan, fermer xo‘jaligi maqomi belgilab berilgan amaldagi 3-moddaning matni yangi tahrirda bayon qilinib, fermer xo‘jaligi hamda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining huquqiy maqomi belgilab qo‘yildi.
Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ekti sifatida e’tirof etildi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish barobarida, ularni qayta ishlashi, saqlashi, realizatsiya qilishi, sanoat ishlab chiqarishi, xizmatlar ko‘rsatishi hamda boshqa qonuniy ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin.
Bundan tashqari, amaldagi Qonunning fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari belgilangan 5-moddasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan esa, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblanadi.
Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (naslli chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishincha kamida 0,45 gektarni (naslli chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil qilishi nazarda tutildi.
Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik hamda g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi.
Shu bilan birga, Qonunga ko‘ra, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i hamda tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat etilishi mumkin. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Yerdan foydalanish normalari belgilangan 13-moddaning yangi tahririga ko‘ra, fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘z oila a’zolaridan biriga ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga berishi mumkin.
Qonunda fermerlar huquqlari ham kengaytirilgan. Masalan, uning 16-moddasiga muvofiq, fermer ishlab chiqarishga zamonaviy, tejamkor texnologiyalarni, fan-texnika yutuqlarini joriy etish, fan-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish huquqiga ega bo‘ldi.
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar bilan fermer xo‘jaligini tashkil etish va yer uchastkasini berish bo‘yicha qonun hujjatlaridagi normalarning o‘zaro muvofiqligi ta’minlandi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining huquqiy maqomi aniqlashtirildi. Qonunni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan vorislik, meros hamda fermer xo‘jaligini boshqarish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish va fermer xo‘jaligini tugatish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning qonuniy yechimi topildi. Bu esa, o‘z navbatida, respublikamiz agrar tarmog‘i yanada taraqqiy topib, turmushimiz farovon bo‘lishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Mutasaddilarga mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va arab mamlakatlari standartlari asosida sertifikatlash tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Bu borada tomorqa xo'jaliklari ham katta rezerv ekani, "bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida joylarda logistika xizmati va kooperatsiya tizimini keng joriy qilish lozimligi qayd etildi.
Xizmat ko'rsatish borasida ham kamchiliklar mavjud. Masalan, bu tizimda raqobat yo'qligi sababli xizmatlar narxi yuqori, mahsulot ishlab chiqaruvchining tanlash imkoniyati yo'q.
Shuning uchun mineral o'g'itlarni yetkazib berish, o'simliklarni himoya qilish, texnika va boshqa xizmatlar sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat turlarini ko'paytirish, xususiy korxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlandi.
Joriy yilda boshlangan yerni kosmik zondlash orqali tuproq va ekinlarning haqiqiy holatini tezkor va ishonchli baholash ishlarini 2020 yil yakuniga qadar to'liq oxiriga yetkazish darkor. Bu tizim vegetatsiya jarayoni, tuproqning meliorativ holati va minerallashuv miqdori, namlik darajasi haqida to'liq ma'lumotlarni berib, hosildorlikni 25-30 foizga oshirish imkonini beradi.
Mutasaddilarga ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha bo'lgan jarayonlarni to'liq raqamlashtirish tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Yuqoridagi vazifalar bajarilishini samarali tashkil etish uchun eng avvalo malakali kadrlar kerak.
Xalqaro tajriba asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtlarida o'qitishning yangi metodikasini tatbiq etish, professor-o'qituvchilar ishtirokida sayyor o'quv darslari hamda seminarlar tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Ilmiy-tadqiqot institutlarida ertapishar mahsulot turlari va hududlar iqlimiga mos chorva zotlarini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'yicha ham ko'rsatmalar berildi.
Umuman olganda, yangi strategiya qishloq xo'jaligiga bozor mexanizmlarini joriy qilib, ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, eksportni ko'paytirish, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan mahsulotlar hajmini bir necha barobarga oshirishga xizmat qiladi.

Download 204.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling