Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


Fermerlarga mahsulot etishtirish va bozor tanlashda to`liq erkinlik beriladi


Download 204.77 Kb.
bet17/20
Sana18.10.2023
Hajmi204.77 Kb.
#1707432
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Fermerlarga mahsulot etishtirish va bozor tanlashda to`liq erkinlik beriladi
Strategiyada paxta va bug`doy etishtirish, hosilni sotish va qayta ishlash jarayonlarini davlat tomonidan nazorat qilishni bosqichma-bosqich kamaytirish, rejalashtirish, shuningdek, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining barcha turlarini diversifikasiya qilish ko`zda tutilgan. Moddiy-texnik resurslar, xizmatlar va mahsulotni qayta ishlash sohasidagi strategik ahamiyatga ega bo`lmagan davlat korxonalari xususiylashtirishga beriladi.
«Davlat rahbariyati tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgan Strategiyani ishlab chiquvchilarning asosiy e`tibori fermerlarni, ishlab chiqaruvchilarni va agrosanoat korxonalarini ekinlar va bozorlarni tanlashda to`liq erkinlik bilan ta`minlaydigan sektorni tartibga solishga qaratilgan.
Ammo bu o`rinda gap sohada mahsuldorlikning oshishini ta`minlaydigan mexanizmlarni bosqichma-bosqich joriy etishga o`tish haqida bormoqda, chunki uzoq yillar davomida ko`plab fermer xo`jaliklari va infrastruktura to`liq holda muayyan qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirishga yo`naltirilgan, mahsulotlarni sotish bilan esa davlat shug`ullanib kelgan. Ya`ni, yangi sharoitda dehqonlar qishloq xo`jaligiga, erdan foydalanishga va bozor sharoitlariga bo`lgan munosabatlarini to`liq qayta ko`rib chiqishi kerak bo`lgan».
Strategiyada 2021 yildan barcha qishloq xo`jaligi ekinlari uchun bozor narxiga o`tish rejalashtirilgan, shuningdek paxta va bug`doyning davlat xaridlari bekor qilinib, paxta va bug`doy aralashuv fondini saqlab turish uchun faqat klasterlar orqali amalga oshiriladi.
Erdan foydalanishga bo`lgan huquq hokimlar tomonidan belgilanmaydi
Strategiyadan ko`zlangan maqsad sektorni o`zgartirish, sohaga ilg`or texnologiyalarni jadal va samarali joriy etishga ko`maklashish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakat agrar sektorini innovasiyalarning samaradorligi va darajasi bo`yicha etakchi sohalardan biriga aylantirishdir.
Shu bilan birga, Strategiya davlat xizmatlarining manbai sifatida davlatning rolini qayta ko`rib chiqishga yo`naltirilgan bo`lib, xususiy fermer va korxonalar global raqobat sharoitida gullab-yashnashi uchun ularni zarur bilim, axborot va manbalardan foydalanishlarini ta`minlash orqali ushbu o`zgarishlarni amalga oshirishda yordam berishga tayyordir.
Strategiya doirasida qishloq xo`jaligini rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi vositalarini ishlab chiqish va joriy etish, xususan, qishloq xo`jaligi sohasidagi kichik tarmoqlar mahsuldorligini, er unumdorligini oshirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni jori etish va fanni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishni ko`paytirish rejalashtirilgan.
«Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilarning asosiy manbalardan, yaxshilangan urug`lik navlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan, mahalliy o`simliklardan ko`p turlarining hosildorligi past va tashqi bozor talablariga etarlicha moslashmagan.
Strategiyaga muvofiq, davlat ta`lim tizimini rivojlantirishga, ilmiy markazlar va institutlarni isloh qilishga hamda modernizasiya qilishga, axborot va maslahat yordamini joriy etish kabi maqsadlarga mablag` ajratishni ko`paytiradi. Xalqaro standartlarga muvofiq Milliy gen bankini yaratish va o`simliklar yaratuvchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda».
«Strategiya qabul qilingandan so`ng, tarkibiga manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari kiradigan maxsus tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi kengash ish olib boradi. Strategiyani amalga oshirish doirasida har yili «yo`l xaritalari» qabul qilinadi va bu ham idoralararo darajada, ham hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni o`rnatish imkonini beradi»
Jahon resurslar institutining ma`lum qilishicha, 2040 yilga borib O`zbekiston suv tanqisligi yuqori bo`lgan 33 mamlakat qatoridan joy oladi. Shu boisdan mamlakatda mavjud irrigasiya tizimlarini modernizasiya qilish yangilarini qurish zarurati tug`ilmoqda.
Mamlakatdagi sug`orish tarmoqlarining 70 foizi antifiltrasion qoplamaga ega emas va buning natijasida etkazib berish bosqichida suvning bir qismi yo`qolmoqda. Bugungi kunda qishloq xo`jaligini sug`orish suvi bilan ta`minlashdagi yo`qotishlar 40 foizga baholanmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilarning asosiy manbalardan, masalan, yaxshilangan urug`lik navlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan, mahalliy o`simliklardan ko`p turlarining hosildorligi past va tashqi bozor talablariga etarlicha moslashmagan, – deya ta`kidladi Qishloq xo`jaligi vaziri. –
Strategiyaga muvofiq, davlat ta`lim tizimini rivojlantirishga, ilmiy markazlar va institutlarni isloh qilishga hamda modernizasiya qilishga, axborot va maslahat yordamini joriy etish kabi maqsadlarga mablag` ajratishni ko`paytiradi. Xalqaro standartlarga muvofiq Milliy gen bankini yaratish va o`simliklar yaratuvchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Strategiyada shuningdek, ishonchli statistik ma`lumotlar va bozor axborotlarini to`plash, taqqoslash hamda tarqatish imkonini beradigan raqamli agrooziq-ovqat tizimiga o`tish ham ko`zda tutilgan.
Mazkur hujjat strategik ahamiyatga ega bo`lgan rivojlanish loyihalarining dastlabkisi. Strategiyasiz sohani rivojlantirishni tasavvur etish qiyin, mazkur hujjat iqtisodiyotimizni rivojlantirishning asosidir.Hujjat haqiqatan ham ikki jihatdan revolyusion ahamiyatga ega: hujjat tuzilmasi hamda unda ko`zda tutilgan islohotlar. Bir-biriga bog`liq bo`lgan muammolarni ajratilgan holda hal etish qiyin. Biz bozor iqtisodiyotiga mos bo`lmagan muammolarni bartaraf etmas ekanmiz, samarali natijaga ega bo`la olmaymiz. Strategiya aynan muhim muammolarni o`z ichiga olgan.



Download 204.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling