Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


I BOB INVESTITSIYALARNING MOHIYATI VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI


Download 204.77 Kb.
bet2/20
Sana18.10.2023
Hajmi204.77 Kb.
#1707432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
I BOB INVESTITSIYALARNING MOHIYATI VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI
Tayanch iboralar: investitsiyalar, tavakkalchilikli investitsiyalar, to’g`ridan-to’g`ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, annuitet, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar, investitsiyalash manbalari, investitsiyaviy faoliyat ob'ekti va sub'ektlari, investitsiyalash tamoyillari.

1.1.Investitsiyalarning mohiyati va shakllari

«Investitsiya» atamasi, lotincha «invest» so’zidan olingan bo’lib, «qo’yilma» ma'nosini bildiradi. Yanada kengroq ta'rif beriladigan bo’linsa, investitsiyalar - bu kapitalni yanada ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladigan kapital qo’yilmalardir. Bunda kapitalning ko’payishi, investor mavjud mablag`lar iste'molidan voz kechganini kompensatsiyalashi, tavakkalchilik uchun mukofotlashi va ushbu davrdagi inflyatsion yo’qotishlarni qoplash uchun yetarli bo’lishi kerak.


O’zbekiston Respublikasining «Investitsiyaviy faoliyat to’g`risida»gi qonunida, «investitsiyalar» tushunchasi «iqtisodiyot yoki boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga egalik qilish huquqi» deb izohlangan.
Makroiqtisodiy darajada, investitsiyalar deganda, ishlab chiqarish vositalarini qayta ishlab chiqarish, uy-joy jamg`armasi va tovar zaxiralari o’sishini, ya'ni YAIMning joriy davrda iste'mol qilinmasdan, uni yanada ko’paytirishga yo’naltirilgan qismini nazarda tutadi.
Mikrodaraja va ishlab chiqarish nazariyasiga ko’ra, investitsiyalar deganda yangi kapital, shu jumladan ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyat, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni tushuniladi.
Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori U.F.SHark (1990 y.) «investitsiyalash» atamasiga quyidagicha izoh beradi: «Ertaga daromad olish maqsadida, bugun pul sarflash», ya'ni investitsiyalarning mohiyati shundaki ular kapital harakati jarayoniga jalb qilingan. Ushbu kapital harakati natijasida olingan daromad nafaqat investorning barcha xarajatlarini qoplashi, balki unga tavakkalchilik uchun mukofot olib kelishiham lozim.
Demak, investitsiyalar - bu kelajakda iloji boricha ko’p va samaraliroq foydalanish maqsadida
«olib qo’yiladigan» boyliklardir. Ularning bir qismini joriy davrda foydalanilmagan va zaxiraga olib qo’yilgan iste'mol mablag`lari (zaxiralarni ko’paytirish emas); ikkinchi qismini esa ishlab chiqarishni kengaytirishga yo’naltirilgan resurslar (bino, inshoot, mashina va qurilmalarga qo’yilmalar) tashkil etadi.
Korxonalar har doim investitsiyalarga, ya'ni yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjudlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihozlanishini yaxshilash, foyda olish va boshqa maqsadlarni ko’zlagan holda, turli dastur va ayrim tadbirlarga mablag` (ichki va tashqi manbalardan) qo’yishga muxtoj bo’ladilar. Bu ishbilarmonlik va faoliyatning boshqa turlari ob'ektlariga foyda yoki ijtimoiy samara olish maqsadida qo’yiladigan pul mablag`lari, maqsadli bank jamg`armalari, paylar, aksiya va boshqa qimmatli qo`ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar, shu jumladan tovar belgilari, kreditlar, istalgan boshqa mulk yoki mulkchilik xuquqi, intellektual boyliklarga ham.
Moliyaviy ta'rifi bo’yicha investitsiyalar - bu foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yiladigan mablag`larning barcha turlaridir; iqtisodiy ta'rif bo’yicha esa - asosiy va aylanma kapitalni yaratish, kengaytirish yoki qayta tiklash va texnik qayta qurollantirishga bo’lgan xarajatlardir.
Investitsiyalar turli xil belgilarga asosan turkumlanadi: asosiy kapitalni ko’paytirish zaruriyati bilan bo`lib, sof, va asosiy fondlar eskirishini qoplash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan, yalpi investitsiyalar. Investitsiyalar yo’naltirilgan ob'ekti bo’yicha ham farqlanadi. Bunday ob'ektlar bo’lib mulk, moliyaviy vositalar,nomoddiy boyliklar xizmat qilishi mumkin. Ta'sir yo’nalishi bo’yicha: almashtirish, kengaytirish, fondlar tarkibini yangilashni ajratish mumkin. Maqsadlar va ular bilan bog`liq tavakkalchilik nuqtai-nazaridan investitsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
  • venchur (tavakkalchilikli);


  • to’g`ridan-to’g`ri;


  • portfel;


  • annuitet.





Download 204.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling