Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


Investitsiyalarni jalb etish samaradorligi


Download 204.77 Kb.
bet6/20
Sana18.10.2023
Hajmi204.77 Kb.
#1707432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Investitsiyalarni jalb etish samaradorligi

Turli manbalardan moliyaviy resurslarni jalb etishning mumkin bo’lgan hajmiga ta'sir qiluvchi omillar bo’lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin:


    • korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;


    • korxona o’lchami (o’z aktivlari hajmi);


    • o’z kapitali konsentratsiyasining (mujassamlanishining darajasi);


    • kapital bozori kon'yunkturasi;


    • moliyalashtirish manbasini tanlash erkinligi;


    • mablag`larni jalb etishda vaqt va miqdor cheklanishlari. Vaqt cheklanishlariga quyidagilar kiradi:


    • moliyalashtirish mablag`lariga ega bo’lish muddati;


    • moliyalashtirish mablag`lari jalb etilgan muddat;


Miqdor cheklanishlari investitsiyalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`lar hajmiga bog`liq bo’ladi; u quyidagi shartlar bilan belgilanadi:


    • investitsiyalarni moliyalashtirishdagi korxona ehtiyojlari;


    • korxonaning yetarlicha moliyaviy mustahkamligini ta'minlash zaruriyati;


    • jalb etilayotgan mablag`lar qiymati;


    • mavjud ta'minot hajmi.


O‘zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo‘lib, ular o‘tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”2.Bu iqtisodiy ta'rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to‘laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o‘ziga va investitsiya faoliyatining ob'ektlariga keng ta'rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog‘liqligi ta'kidlab o‘tilgan.


«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma'nosini beradi. Keng ma'noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda
«investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta'riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad
Bugungi kunda yuqorida qayd etilgan chora va tadbirlarni hayotga tatbiq etish maqsadida respublikada bu borada bir necha qonunlar qabul qilindi. Afsuski, investitsiya faoliyatini to‘la-to‘kis ravishda muvofiqlashtirishni ma'lum ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra joriy etilishi qiyin bo‘lmoqda. Ayniqsa, inflyasiya kuchaygan davrda hamda yangi banklar tizimi vujudga kelayotgan jarayonda kredit siyosatini bozor munosabatlariga moslashishi og‘ir bo‘lmoqda. Mustaqil mamlakatimiz o‘z kredit siyosatini yuritish bo‘yicha tajribasizligi hamda uni amalga oshirish, iqtisodiyotni zaiflashgan bir davriga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan deyarli ta'sir ko‘rsatganicha yo‘q. Moliya siyosatini yurgizishda, shu jumladan, soliqlar tizimini takomillashtirishda ham anchagina ishlar qilinishi lozim. Bozor munosabatlari rivojlanayotgan davrda, investitsiya loyihalarini ekspertizalash sohasida ham tajriba yo‘qligi tufayli ko‘zlangan samaraga erishish to‘la-to‘kis ta'minlanganicha yo‘q.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg‘arish davrida pulni tez to‘plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me'yori yuzaga keladi. Foyda me'yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo‘ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag‘bat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli xo‘jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o‘zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag‘i hisobidan ta'minlash imkonini cheklab ko‘yadi.

Download 204.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling