Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


Qishloq xo‘jaligi korxonalarida investitsion faoliyat


Download 204.77 Kb.
bet8/20
Sana18.10.2023
Hajmi204.77 Kb.
#1707432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

1.3.Qishloq xo‘jaligi korxonalarida investitsion faoliyat


Bozor iqgisodi sharoitida investitsiya mablag‘lari yangi, samarali texnologiya hamda intellektual mulkni barpo etishga xizmat qiladi. Investitsiya mablag‘lari doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish, uni rivojlantirish uchun sarflanadi. Fermer xo‘jaligi daro- madlarining bir qismi asosiy vositalarini sotib olish, qurish hamda ularni kapital ta'mirlashga sarflanadi. Aso- siy kapitalga kiritilgan sarmoya investitsiya deb ataladi. Investitsiyalar fermer xo‘jaligining moddiy-texnika ba- zasini yaratib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, kimyo- lashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya- melioratsiyalash natijasida sarf-xarajatlarni kamaytirib, mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash orqali daro- madni oshirishdan iborat.

Investitsiya mablag‘laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida O‘zbekiston Respubli- kasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi, «Chet el in- vestitsiyalari to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilingan. Unda investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra, 3 ga bo‘linadi: 1. Kapital investitsiyalar asosiy fondlarni barpo etishga, takror ishlab chiqarishga va moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investi- siyalardir. 2. Innovatsiya investitsiyalari, texnika, texnolo- giyalar yangi avlodini yaratish va o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalarga aytiladi. 3. Ijtimoiy investitsiyalar in son salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajriba- sini oshirishga, shuningdek, moddiy iste'mollarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mab- lag‘lardir.


Investitsiyalarning ikki turi bor:


  1. Real investitsiyalar — moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga mablag‘lar. 2. Moliyaviy iivestitsiyalar — qimmatli qog‘ozlarni (ak- siya, obligatsiya, veksel, sertifikat) shakllantirishga sar- flangan mablag‘lar. Real investitsiyalar kapital ko‘yilma- lar deb ham ataladi. Kapital qo‘yilmalar yalpi va sof kapi- tal qo‘yilmalarga bo‘linadi. Real investitsiyalarning umu- miy summasi yalpi kapital qo‘yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushiril- gan qismi sof kapital qo‘yilmalardir. Sof kapital qo‘yil- ma yalpi kapital qo‘yilma summasiga teng yoki kam bo‘lishi mumkin. Fermer xo‘jaligida yalpi kapital qo‘yilmani sof kapital qo‘yilmaga aylantirishga alohida e'tibor berili- shi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylash- tirilishini, ya'ni ishga tushirilishini ta'minlash zarur.

Milliy hisoblar tizimida kapitalga hamda modsiy ish- lab chiqarish vositalariga sarflangan mablag‘lar real iive- stitsiyalar deb ham yuritiladi.


Kapital qo‘yilmalarning fermer xo‘jaligidagi ahamiya- ti yuqori bo‘lib, birinchidan, kapital qo‘yilmalar — jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Kagshtal qo‘yil- malardagi o‘zgarishlar jami talabga yetarlicha ta'sir ko‘rsa- tadi, shuningdek, aholining bandligi va yalpi milliy mah- sulot (YaMM) hajmining ham o‘zgarishini ta'minlaydi.
Ikkinchidan, kapital qo‘yilmalar fermerlarning asosiy fondlari jamg‘arilishiga, ya'ni ko‘payishiga olib keladi.
Uchinchidan, kapital qo‘yilmalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o‘sishiga olib keladi, natijada YaMM qisqaradi.
Investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) fermer xo‘jali- gini har tomonlama rivojlantirib, modsiy- texnika baza- sini mustahkamlaydi. Ulardan samarali foydalanish nati- jasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, sof foyda summasi ko‘payadi. Natijada fermer xo‘jaligini kengaytirilgan takror ish- lab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati kengayadi.
Fermer xo‘jaliklarining barcha investitsiyalari (kapi- tal qo‘yilmalar) ikkita manbadan: korxonaning o‘z mablag‘- laridan va chetdan jalb qilingan mablag‘lardan shakllanadi.
Fermer xo‘jaligaiiig o‘z mablag‘lariga quyidagalar kiradi:
  • fvrmer xo‘jaligining sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;


  • amortizatsiya fondidagi mablag‘lar;


  • asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tush- gan mablag‘lar;


  • chorva mollarini sotishdan tushgan mablag‘lar;


  • fermer xujaligining qimmatli qog‘ozlar sotish va so- tib olishidan kelgan mablag‘lar. Chetdan jalb qilingan mablag‘larga:


  • fermer xo‘jaligiga davlat byudjetidan ajratiladi- gan mablag‘lar;


  • hamkorlardan olinadigan mablag‘lar;


  • turli xil qarzlar va bank kreditlari;


' xo‘jalik a'zolarining bo‘sh mablag‘larini jalb etish;


  • xorijiy va mahalliy shaxsiy korxonalar hamda fuqaro- larning mablag‘lari;


  • homiylar ajratayotgan xayriya mablag‘lari va boshqa- lar.


Kapital kapital qurilishga va yangi texnikani joriy qilishda ishlatiladi. Kapital qo‘yilmalarning asosiy va- zifasi — tarmoq mahsulotini ko‘paytirish va ishlab chiqa- rish samaradorligini oshirishni ta'minlashdir.



Download 204.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling