Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


Investitsiya funksiyasining grafigi


Download 204.77 Kb.
bet7/20
Sana18.10.2023
Hajmi204.77 Kb.
#1707432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20

Investitsiya funksiyasining grafigi



Foiz stavkasi
R

I



Investitsiya hajmi 1.1.1-chizma
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub'ektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z ifodasini topadi. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


  1. Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish.


  2. Soliq to‘lovchilar va soliq solish ob'ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash.


  3. Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash.


  4. Monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash.


  5. Kredit siyosati va narx siyosatini o‘tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.


  6. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.


Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub'ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.


Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
    1. moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;


    2. nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlash; texnik yordam ko‘rsatish.


Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to‘la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.


Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi».3 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta'rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug‘atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»4.
Chet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko‘rinishidagi muddatli qo‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda o‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to‘la tegishli bo‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
O‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy barqarorlik;
-inflyasiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so‘mning to‘lov qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bo‘yicha quyidagi omillar mavjud:
-investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish;

-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bo‘yicha investitsiya loyihalarini.



Download 204.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling