Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


Download 227.28 Kb.
bet16/19
Sana22.03.2023
Hajmi227.28 Kb.
#1286163
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
jamshidbek kurs ishi

bir oy muddatda Strategiyaning har bir asosiy yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislardan, shu jumladan, xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda doimiy ishlovchi ishchi guruhlarini, ularga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar grantlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ish haqi va boshqatoʻlovlarni belgilagan holda shakllantirшыр

5

 4 ta shtat birligidan iborat masʼul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini taʼminlasin.

6

Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi hamda unga suv xoʻjaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish 

7

Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari byudjetlari parametrlarida qishloq xoʻjaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilish

8

Strategiya oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish

9

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, qulay agrobiznes muhitini va qo`shilgan qiymat zanjirini yaratish, soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investision jozibadorlikni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta`minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirsh, tarmoqni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikasiya qilish, qishloq xo`jaligi ilm-fan, ta`lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish, qishloq hududlarini rivojlantirish, tarmoq statistikasi va ma`lumotlar yig`ishning shaffof tizimlarini ishlab chiqish.


«Qishloq xo`jligini rivojlantirishdan manfaatdor bo`lgan, ushbu yo`nalishda o`z tajribasiga ega bo`lgan barchani Strategiyani muhokama qilish va kelgusida qayta ishlab chiqishda faol ishtirok etishga chaqiriladi. Hujjat dehqonlardan boshlab faoliyati eksportga yo`naltirilgan yirik korxonalarni, sohaning barcha ishtirokchilarini hozirgi kunda o`ylantirayotgan ko`plab dolzarb masalalarni qamrab olgan.
Strategiyada belgilab berilgan islohotlarni amalga oshirish uchun qisqa 10 yil vaqtni olindi, ammo bu o`zgarishlar muhim ahamiyatga ega bo`lishiga va sohani qudratli iqtisodiy va strategik rivojlantirish uchun imkoniyat va istiqbollarni ochiladi».
Fermerlarga mahsulot etishtirish va bozor tanlashda to`liq erkinlik beriladi
Strategiyada paxta va bug`doy etishtirish, hosilni sotish va qayta ishlash jarayonlarini davlat tomonidan nazorat qilishni bosqichma-bosqich kamaytirish, rejalashtirish, shuningdek, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining barcha turlarini diversifikasiya qilish ko`zda tutilgan. Moddiy-texnik resurslar, xizmatlar va mahsulotni qayta ishlash sohasidagi strategik ahamiyatga ega bo`lmagan davlat korxonalari xususiylashtirishga beriladi.
«Davlat rahbariyati tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgan Strategiyani ishlab chiquvchilarning asosiy e`tibori fermerlarni, ishlab chiqaruvchilarni va agrosanoat korxonalarini ekinlar va bozorlarni tanlashda to`liq erkinlik bilan ta`minlaydigan sektorni tartibga solishga qaratilgan.
Ammo bu o`rinda gap sohada mahsuldorlikning oshishini ta`minlaydigan mexanizmlarni bosqichma-bosqich joriy etishga o`tish haqida bormoqda, chunki uzoq yillar davomida ko`plab fermer xo`jaliklari va infrastruktura to`liq holda muayyan qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirishga yo`naltirilgan, mahsulotlarni sotish bilan esa davlat shug`ullanib kelgan. Ya`ni, yangi sharoitda dehqonlar qishloq xo`jaligiga, erdan foydalanishga va bozor sharoitlariga bo`lgan munosabatlarini to`liq qayta ko`rib chiqishi kerak bo`lgan».
Strategiyada 2021 yildan barcha qishloq xo`jaligi ekinlari uchun bozor narxiga o`tish rejalashtirilgan, shuningdek paxta va bug`doyning davlat xaridlari bekor qilinib, paxta va bug`doy aralashuv fondini saqlab turish uchun faqat klasterlar orqali amalga oshiriladi.
Erdan foydalanishga bo`lgan huquq hokimlar tomonidan belgilanmaydi
Strategiyadan ko`zlangan maqsad sektorni o`zgartirish, sohaga ilg`or texnologiyalarni jadal va samarali joriy etishga ko`maklashish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakat agrar sektorini innovasiyalarning samaradorligi va darajasi bo`yicha etakchi sohalardan biriga aylantirishdir.
Shu bilan birga, Strategiya davlat xizmatlarining manbai sifatida davlatning rolini qayta ko`rib chiqishga yo`naltirilgan bo`lib, xususiy fermer va korxonalar global raqobat sharoitida gullab-yashnashi uchun ularni zarur bilim, axborot va manbalardan foydalanishlarini ta`minlash orqali ushbu o`zgarishlarni amalga oshirishda yordam berishga tayyordir.
Strategiya doirasida qishloq xo`jaligini rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi vositalarini ishlab chiqish va joriy etish, xususan, qishloq xo`jaligi sohasidagi kichik tarmoqlar mahsuldorligini, er unumdorligini oshirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni jori etish va fanni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishni ko`paytirish rejalashtirilgan.
«Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilarning asosiy manbalardan, yaxshilangan urug`lik navlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan, mahalliy o`simliklardan ko`p turlarining hosildorligi past va tashqi bozor talablariga etarlicha moslashmagan.
Strategiyaga muvofiq, davlat ta`lim tizimini rivojlantirishga, ilmiy markazlar va institutlarni isloh qilishga hamda modernizasiya qilishga, axborot va maslahat yordamini joriy etish kabi maqsadlarga mablag` ajratishni ko`paytiradi. Xalqaro standartlarga muvofiq Milliy gen bankini yaratish va o`simliklar yaratuvchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda».
«Strategiya qabul qilingandan so`ng, tarkibiga manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari kiradigan maxsus tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi kengash ish olib boradi. Strategiyani amalga oshirish doirasida har yili «yo`l xaritalari» qabul qilinadi va bu ham idoralararo darajada, ham hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni o`rnatish imkonini beradi»
Jahon resurslar institutining ma`lum qilishicha, 2040 yilga borib O`zbekiston suv tanqisligi yuqori bo`lgan 33 mamlakat qatoridan joy oladi. Shu boisdan mamlakatda mavjud irrigasiya tizimlarini modernizasiya qilish yangilarini qurish zarurati tug`ilmoqda.
Mamlakatdagi sug`orish tarmoqlarining 70 foizi antifiltrasion qoplamaga ega emas va buning natijasida etkazib berish bosqichida suvning bir qismi yo`qolmoqda. Bugungi kunda qishloq xo`jaligini sug`orish suvi bilan ta`minlashdagi yo`qotishlar 40 foizga baholanmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilarning asosiy manbalardan, masalan, yaxshilangan urug`lik navlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan, mahalliy o`simliklardan ko`p turlarining hosildorligi past va tashqi bozor talablariga etarlicha moslashmagan, – deya ta`kidladi Qishloq xo`jaligi vaziri. –
Strategiyaga muvofiq, davlat ta`lim tizimini rivojlantirishga, ilmiy markazlar va institutlarni isloh qilishga hamda modernizasiya qilishga, axborot va maslahat yordamini joriy etish kabi maqsadlarga mablag` ajratishni ko`paytiradi. Xalqaro standartlarga muvofiq Milliy gen bankini yaratish va o`simliklar yaratuvchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Strategiyada shuningdek, ishonchli statistik ma`lumotlar va bozor axborotlarini to`plash, taqqoslash hamda tarqatish imkonini beradigan raqamli agrooziq-ovqat tizimiga o`tish ham ko`zda tutilgan.
Mazkur hujjat strategik ahamiyatga ega bo`lgan rivojlanish loyihalarining dastlabkisi. Strategiyasiz sohani rivojlantirishni tasavvur etish qiyin, mazkur hujjat iqtisodiyotimizni rivojlantirishning asosidir.Hujjat haqiqatan ham ikki jihatdan revolyusion ahamiyatga ega: hujjat tuzilmasi hamda unda ko`zda tutilgan islohotlar. Bir-biriga bog`liq bo`lgan muammolarni ajratilgan holda hal etish qiyin. Biz bozor iqtisodiyotiga mos bo`lmagan muammolarni bartaraf etmas ekanmiz, samarali natijaga ega bo`la olmaymiz. Strategiya aynan muhim muammolarni o`z ichiga olgan.



Download 227.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling