Investitsiyalarni rag’batlantirish siyosatini qabul qilish zarurligi


Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi


Download 90.82 Kb.
bet7/11
Sana02.06.2024
Hajmi90.82 Kb.
#1837550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi


«Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “2010 yilda mamlakatimizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milliard AQSH dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini e’tiborga oladigan bo’lsak, o’ylaymanki, amalga oshiriladigan loyihalarning ko’lami va salmog’i o’z-o’zidan ayon bo’ladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga oshadi”1.
Ushbu fikrlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’ta muhimligini anglatadi.

Jahon bozoriga raqobatbardosh, keng darajada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi.


CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
- to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.

Download 90.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling