Investitsiyalarni rag’batlantirish siyosatini qabul qilish zarurligi


O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari


Download 90.82 Kb.
bet6/11
Sana02.06.2024
Hajmi90.82 Kb.
#1837550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari


CHet ellik investor xalqaro huquq printsiplari va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
-investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash;
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
-o’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. CHet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
-O’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
-investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
-O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb etish;
-o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
-O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablaјlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish;
-o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
-davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
CHet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.



Download 90.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling