Investitsiyalarni rag’batlantirish siyosatini qabul qilish zarurligi


Xorijiy investitsiyalarning turlari


Download 90.82 Kb.
bet2/11
Sana02.06.2024
Hajmi90.82 Kb.
#1837550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Xorijiy investitsiyalarning turlari


Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin. (2.1.1-chizma)


Investitsiya turlari





Моддий инвестициялар

Ақлий (интеллектуал) инвестициялар


2.1.1-chizma
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, vekselьlar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzu- uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.

Download 90.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling