Investitsiyalarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yo’nalishlari
2016 O`zbekiston respublikasi 100,0 100,0 100,0 Qoraqalpog`iston Respublikasi 11,4 14,1 7,5 Viloyatlar: Andijon 4,2 4,0 3,8 Buxoro 9,8 9,5 11,8 Jizzax 3,0 2,5 2,5 Qashqadaryo 11,7 12,8 12,8 Navoiy 4,6 4,2 5,7 Namangan 4,8 4,7 4,8 Samarqand 6,5 6,8 6,8 Surxondaryo 4,1 3,8 3,8 Sirdaryo 2,7 2,5 2,2 Toshkent 10,8 9,6 7,7 Farg`ona 5,8 5,1 4,7 Xorazm 3,6 3,4 2,9 Toshkent sh. 16,7 16,6 21,7 50 2.2 Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yo’nalishlari Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlarini yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov rahbarligida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishi etib belgilangan. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy jarayonlar hisoblanib, jahon bozori bilan o’zaro yaqin va to’liq bog’liqlikda bo’ladi. Shu nuqtayi nazardan u ko’pgina iqtisodiy jarayonlarni o’zida qamrab oladi. Xorijiy investitsiyalar bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish sur’atlarini tezlashtirish imkonini beradi. O’zbekiston bugungi kunda dunyo xaritasida o’zining munosib o’rnini egallagan. Taraqqiy topgan mamlakatlarning ilg’or tajribalarini o’rgangan holda, mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda va milliy iqtisodiyotimizni izchil rivojlanishning muhim omilidir. Xorij sarmoyalarini ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, qo’shimcha ishchi o’rinlariga ega qiladi, yangi texnika, texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga olib kiradi, mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga yanada yordam beradi. Shuning uchun ham xorij sarmoyadorlarini mamlakatimiz iqtisodiyotida ishtirokini ta’minlash, ulardan ko’proq sarmoyalarni jalb qilish muhim vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizga, mamlakatimiz mintaqa va hududlariga, ulardagi turli ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqdagi korxonalarga 51 xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xorij va mahalliy investorlar uchun qulay har tomonlama imtiyozli investitsiya muhitini yaratish mamlakatimiz investitsiya siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, investitsiya muhiti bu biror mamlakar iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalar samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shat- sharoitlar majmuasidir. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay investitsion muhitni yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg’otmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimiz xorijiy investitsiyalarni jalb qilish qulay investitsiya muhitini yaratish bilan birga, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratishdan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. Chet el investorlari uchun eng o'ziga jalb etadigan soha sifatida neft- gaz, transport va aloqa tarmoqlari bo'lib qolmoqda. O'zbekistonning zamonaviy iqtisodiyoti xorijiy investorlarga taqdim qilinayotgan afzalliklardan biri-siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, tabiiy-iqlim sharoitining qulayligi, mehmondo'stlik va mehnatsevarlik hamda xom-ashyo bazasining ko'pligi, yirik mintaqaviy bozorlarning markazida qulay geografik joylashuvi, halqaro ahamiyatga ega bo'lgan yer va havo transporti tizimi, diversifikatsiyalashgan sanoat bazasi va Respublikaning ilmiy-intellektual, kadrlar salohiyatining mavjudligidir. Bundan tashqari investorlar uchun bir qancha imtiyoz va preferensiyalar berilgan. Qulay investitsion muhitni shakllantirishda erkin iqtisodiy zonalar g’oyat ahamiyatlidir. Chunki erkin iqtisodiy zonalarda xorij investorlari uchun barcha qulaylik va afzalliklar yaratilgan, ular turli soliqlardan ozod bo’lishi bilan birga, boshqa imtiyozlarga ham egadirlar. Shu davrgacha mamlakatimizda “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilingandi. Prezidentimiz investitsiya faoliyatini yanada jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni yanada ko’proq jalb qilish hamda investitsiya muhitini yanada 52 yaxshilash maqsadidagi “ “Urgut”, “G’ijduvon”, “Qo’qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi hamda 2017 yil 31 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi tashkil etish to’g’risida”gi farmonlari muhim ahamiyatga egadir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling