Investitsiyalarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyekti
- Bitiruv malakaviy ishining metodlari
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.
Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: xorijiy investitsiyalar: mohiyati, turlari, xususiyatlarini ochib berish; O’zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va institutsional asoslarini belgilab berish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini aniqlashning jahon tajribasini o’rganish; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni va ahamiyatini o’rganish; 5 mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya muhitini shakllantirishning ustuvor yo’nalishlarini ochib berish; hududlar investitsion muhitini shakllantirishda davlat dasturlarining ahamiyatini yoritib berish. Tadqiqot obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasining investitsion muhiti olindi. Tadqiqot predmeti bo’lib, O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi olindi. Bitiruv malakaviy ishining metodlari: Tadqiqot davomida analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, sabab va oqibat, zamon va makon, tizimli yondashuv kabi uslublardan, natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik funktsional bo‘lganda iqtisodiy tahlilning an’anaviy usullaridan keng foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi tarkibi kirish, ikki bob, xulosa va takliflar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi xorijiy investitsiyalar: mohiyati, turlari, xususiyatlari, O’zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va institutsional asoslarini va investitsiya muhiti, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini aniqlashning jahon tajribasi ochib berilgan. Ishning ikkinchi bobi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni va ahamiyatini berish, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya muhitini shakllantirishning ustuvor yo’nalishlarini ochib berish, hududlar investitsion muhitini shakllantirishda davlat dasturlarining ahamiyati yoritib berilgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling