Investitsiyalarni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1607242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini

Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad 
olish, 
samaraga 
erishish 
maqsadida 
mutloq 
boshqa 
davlat 
iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha 
mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
5
«Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-
moddasida: «Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik 
faoliyati va qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga 
qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar
shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan 
har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari»,
6
deb 
e’tirof etilgan. Ushbu qonunda tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat 
obyektlariga chet ellik investorlar tomonidan reinvestitsiya tariqasida qo’shiladigan 
daromad deganda O’zbekiston Respublikasida investitsiyalashdan olingan har qanday 
mablag’, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va komission 
mukofotlar, texnikaviy yordam, texnik xizmat ko’rsatish uchun to’lovlar va boshqa 
shakldagi mukofot pullari tushuniladi.
Xorijlik investorlar tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga 
4
Qo’ziyeva N. R. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirishning moliya-kredit 
mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari. Iqt. fan. dok. olish uchun yoz. diss. avtoref. T: BMA. 2008 – 11 b.
5
Xorijiy investitsiyalar” o’quv-uslubiy majmua. Urganch-2015- 10 b. 
6
O'zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risidagi Qonuni, 30. 04.1998 y. 



erishish maqsadida mutlaq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa 
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklari 
xorijiy investitsiyalar bo’lib, u ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi 
moliyalashtirish manbaiga kiradi hamda xorijiy investitsiyalarda mamlakat, valyuta, 
milliylashtirish, rekvizitsiya kabi qo’shimcha risklarga to‘qnashish ehtimoliga ega 
bo'ladi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag‘batlantirgan holda 
jalb qilinadi. Xorijiy investitsiyalar qo’shma korxonalarda o’z hissasi bilan qatnashib, 
xorijiy investorlarga to’liq tegishli bo’lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda 
qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishi, 
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo’lishi, erkin iqtisodiy 
hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. 
Milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini 
oshirish 
va 
iqtisodiy 
rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi: 
birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va 
texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishni rivojlantiradi; 
ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va 
buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga 
yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash 
imkonini yaratadi; 
uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish o’rinlari bilan 
ta’minlaydi; 
to’rtinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga 
ko’maklashadi va h.k 
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta'sir ko`rsatadi: 
1) iqtisodiy omillar: 
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o`sish sur'atlarining bir 
maromda ushlab turilishi; 
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining 


10 
chuqurlashuvi; 
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy siljishlarning 
amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar 
bozori taraqqiyoti ta'siri ostida olib borilishi); 
-jahon iqtisodiyoti transmilliylashtirilishining o`sib borishi (masalan, AQSh 
transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi AQSh tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir); 
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar. 
2) siyosiy omillar: 
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar (EIH), 
offshor hududlari va boshqalar); 
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industrlashtirish siyosatini olib borish; 
-iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish
xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash); 
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
7
Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud: kapital, innovatsiya va 
ijtimoiy investitsiya.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling