Investitsiyalarni


O’zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/31
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1607242
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini

1.2 O’zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va
institutsional asoslari 
 
Jahon iqtisodiyotida chuqur va tezkor globalizatsiya jarayoni ketayotgan bugungi 
kunda O‘zbekistonning mazkur jarayonga qo‘shilib ketishi, u bilan bir xil 
o‘zgarishlarni boshidan kechirishga yetarli kuch va tayyorgarliklarga ega bo‘lishi 
uchun mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi har bir katta-kichik muammolar, 
yutuqlar, 
imkoniyatlar, 
shart-sharoitlarni 
e’tibordan chetda qoldirmaslik, 
rivojlanishning ko‘zlangan daraja va samaralarga erishish yo‘llarini izlab topish, 
ulardan maksimal darajada foydalanish, buning uchun zarur bo'lgan barcha chora-
tadbirlarni amalga oshirish, eng muhim va kechiktirib bo'lmas dolzarb vazifa 
hisoblanadi. Shular jumlasida ushbu maqsad yo‘lida milliy iqtisodiyotga xorijiy 
investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish qator 
ijobiy samaralar keltiradi. Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish raqobatbardosh 
mahsulotlarga, zamonaviy ishlab chiqarishga yuzma-yuz kelish, talabga muvofiq 
sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xorijiy sarmoyadorlar bilan 
amaliy hamkorlik o‘rnatish orqali jahon amaliyotida mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan 
foydalanish asosida quyidagi samaralarga erishish mumkin bo‘ladi: 
— 
eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish (xizmat 


17 
ko'rsatish) faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 
— 
yangi ish joylarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash; 
— 
ixcham, amalga oshirilgan xarajatlarni tez sur’atlar bilan qoplaydigan, yuqori 
samara beradigan korxonalarni qurish; 
— 
zamon darajasida yuqori mehnat unumdorligiga erishish, mahsulot tannarxini 
pasaytirish, o‘z manfaatlariga erishish; 
— 
qo‘shma korxonalar tuzish, ilg‘or tajribaga ega bo‘lish, boshqaruvni, 
raqobatni to'g‘ri yo‘lga qo‘yish; 
— 
bozor talabini qoniqtiradigan mahsulot (xizmatlarni) yetishtirish; 
— 
ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori 
talablariga javob beradigan qilib yetkazish; 
— 
tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va uni yanada kengaytirish 
imkoniyatlarini qo‘lga kiritish; 
— 
jahon bozorida o‘zining mustahkam mavqeini egallash; 
— 
daromadni ko‘paytirish, yuqori samaraga erishish; 
Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo’lajak xorijiy 
investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda 
ularni qondirish imkoniyatlarini o’rganib chiqishga asoslanadi.
10
Ta’kidlash joizki, 
respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni keng 
ko’lamda jalb qilishning zarurligi quyidagi holatlardan kelib chiqadi: 
— 
ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning 
qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga oid bo’lib qolganligi; 
— 
sanoat tarmog’ida moddiy-texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar 
ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; 
— 
O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerda ko’plab qayta ishlovchi 
korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligi; 
— 
respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va sifatli, yuqori 
talablarga javob beradigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish 
10
Mamatov B. S, Xo’jamkulov D. Y, Nurbekov O. Sh “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”. Darslik
T:”Iqtisod-Moliya” 2014- 96 b 


18 
zarurligi va boshqalar.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari 
mavjud. Xorijlik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni 
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin: 
1. 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan birgalikda 
tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va 
boshqa korxonalaming ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib 
qatnashish. Bunga misol qilib, XIIKlarni (ustav kapitalining kamida 30 foizi xorijlik 
investorga tegishli bo‘lishi kerak) keltirish mumkin, ya’ni qo‘shma korxonalar tashkil 
etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish eng ommabop shakl hisoblanadi. 
2. Xorijlik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo'jalik jamiyatlari va 
shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va 
rivojlantirish, ya’ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga 
tegishli bo‘ladi. 

3.
Mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan


O‘zbekiston 
Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz 
majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. 
4. Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar 
belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, 
shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish. 
5. Konsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, 
qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish asosida xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish. 
6. Savdo va xizmat ko'rsatish sohalari obyektlariga, turar joy binolariga ular 
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, yerga egalik 
qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy 
resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij 
sarmoyasini jalb qilish. 


19 
7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish. 
8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish.
11
O’zbekiston 
Respublikasida 
xorijiy 
investitsiyalarni 
jalb 
qilishni 
jadallashtirishga yo’naltirilgan faol siyosat olib borilmoqda. Respublikamizga 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari mamlakatimizning 
investitsion qonunlari orqali mustahkamlangan. Buning yaqqol misoli sifatida 
quyidagilarni aytib o’tish mumkin: “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, 
“Investitsion faoliyat to’g’risida”gi, “Xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish 
kafolati va choralari to’g’risida”gi, va “Qimmatli qog’ozlar bozorida xorijiy 
investorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi va h.k. Ushbu qonunlar xorijiy 
investorlarning teng huquqli va adolatli shart-sharoitda faoliyat olib borishini 
ta’minlaydi. Bu borada chet el investorlarini huquqlari qonun hujjatlari orqali 
kafolatlangan. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodekslari, Prezident farmonlari va 
qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari orqali xorijiy investorlar uchun soliq, 
turli to’lovlardan imtiyozlarning keng tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotning turli 
tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan va xorijdan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilgan korxonalar asosiy faoliyatidan daromad solig’i, mulk 
solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i va yagona soliqni to’lashdan turli 
imtiyozlarga egalar. EIZda faoliyat yuritish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiya olib 
kirgan xo’jalik sub’ektlari er solig’i, mulk solig’i, daromad solig’i, obodonchilik va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi (kichik korxonalar 
uchun), Respublika yo’l jamg’armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish 
jamg’armasiga majburiy to’lovlardan ozod etiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo’llanilayotgan yana bir rag’batlan- 
tiruvchi chora shundan iboratki, agar mamlakatdagi keyingi qonun hujjatlari 
11
Mamatov B. S, Xo’jamkulov D. Y, Nurbekov O. Sh “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”. Darslik
T:”Iqtisod-Moliya” 2014- 98 b 


20 
investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda xorijiy investorlarga 
nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlarini investitsiyalash 
vaqtdan boshlab ma’lum bir muddatga qo’llash kafolatlanadi. Ushbu chora 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham o’z aksini topgan bo’lib, xorijiy 
investorlarga 
investitsiyalash 
sanasida 
amal 
qilgan 
qonun 
hujjatlarini 
investitsiyalash vaqtdan boshlab o’n yil mobaynida qo’llash kafolati beriladi. 
Xorijiy investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash 
shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir.
Xorijiy investorning O’zbekiston Respublikasida olgan daromadlari uning 
xohishiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya qilinishi yoki 
boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.
Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O’zbekistonda yaratilgan 
qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning 
potensial imkoniyatlari to’g’risida keng xabardor bo’lishni tashkil etish, 
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun 
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonida davlat 
va xo’jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq, puxta muvofiqlashtirishni 
ta’minlash maqsadida 2008-yil 24-iyulda O’zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish 
jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-927-sonli Qarori 
qabul qilindi. 
Ushbu qarorda «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o’zlashtirish 
tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish 
jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o’zaro hamkorlik 
qilish Sxemasi» berilgan bo’lib, unda xorijiy investorlar faoliyatini boshqarish, 
ularga ko’mak berish tizimi ko’rsatib berilgan. Prezident qaroriga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiyalar va kreditlarni 
jalb etish bo`yicha qarorlarni ko’rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har 
yilgi Investitsiya dasturlarini, shuningdek, tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini 
rivojlantirishning o’rta muddatli dasturlarini tayyorlashda yetakchi bo’g’in 


21 
hisoblanadi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy 
mansubligidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini 
muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklanadi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling