Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


Download 1.49 Mb.
bet1/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;

3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;

4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;

2.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari;

3.Moliya / Investitsiyalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5263-son qaroriga muvofiq, shuningdek, investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalar ekspertizasini o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qonunchilik hujjatlariga muvofiq:
a) quyidagi hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi:
investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni, shuningdek, loyihaoldi hujjatlarini;
davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlarini va texnik topshiriqlarni;
b) davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida tuziladigan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlarning loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi va ro‘yxatga oladi.
Bunda, Markaz bilan xarid predmetining narxini belgilash va (yoki) yetkazib beruvchini aniqlash masalalari kelishib olinmagan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatlarda muayyan yetkazib beruvchilarning nomini va (yoki) tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatini ko‘rsatish taqiqlanadi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlarini, texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini (shartnomalar va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lovlar (tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlar bo‘yicha — har bir lotning boshlang‘ich narxidan, qo‘shimcha kelishuv loyihasi bo‘yicha — qo‘shimcha kelishuv summasidan kelib chiqqan holda) xarid predmeti narxining qo‘shilgan qiymat solig‘ini (keyingi o‘rinlarda — QQS) inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi;
b) loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan va 50 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi;
v) loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida haq undiriladi;
g) ekspertiza 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi;
d) quyidagi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun haq undirilmaydi:
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq;
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling