Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Download 1.49 Mb.
bet2/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-iyul,
PQ-332-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
1-ILOVA
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi hujjatlari hamda ularni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni (keyingi o‘rinlarda — hujjatlar) ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom quyidagi loyihalar bo‘yicha ishlab chiqiladigan hujjatlarga tatbiq etiladi:
a) budjet tizimi budjetlari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravari va undan ortiq bo‘lgan loyihalar.
Bunda, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan kam bo‘lgan loyihalar bo‘yicha ishchi loyiha ishlab chiqiladi va ularni ekspertizadan o‘tkazish “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilishi lozim;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar taqdim etishni ko‘zda tutadigan alohida qarorlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar;
v) korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan — qiymati 5 million AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan loyihalar (ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq moliyalashtiriladigan loyihalar bundan mustasno);
g) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni ko‘zda tutuvchi loyihalar (oltin izlovchilar usulida qazib olishdan tashqari, hamda ushbu Nizomning 3-bandi “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan loyihalar bundan mustasno). Bunda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari qabul qilingan texnik-texnologik va arxitektura-qurilish yechimlar hamda loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish manbalarining mavjudligi yuzasidan ekspertiza qilinadi;
d) davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablag‘lari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida qiymati 5 million AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori bo‘lgan loyihalar.
Bunda, ushbu kichik band davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizom quyidagi loyihalar bo‘yicha ishlab chiqiladigan hujjatlarga tatbiq etilmaydi:
a) O‘zbekiston Respublikasi nomidan (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafilligi ostida jalb etilayotgan to‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz (kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan loyihani ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlashning alohida tartibi belgilangan loyihalar;
v) mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar;
g) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan (basharti bu ushbu Nizomning 2-bandi “g” kichik bandiga zid kelmasa) loyihalar.
Ushbu Nizom, shuningdek, qiymatining 70 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga, qolgan qismining moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar tatbiq etilmaydi (ushbu Nizomning 2-bandi “g” kichik bandida ko‘rsatilgan loyihalar bundan mustasno).
4. Ushbu Nizomning 2 va 3-bandlarida belgilangan talablardan qat’i nazar, loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) investitsiyaviy va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ga kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun ixtiyoriy ravishda va shartnoma asosida kiritishi mumkin.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling