Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish


Download 1.49 Mb.
bet29/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi

Hujjatlar to‘plamini tayyorlash va Markazga yuborish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Markaz

Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini o‘rganish hamda “Yangi so‘rovnoma” holatini “To‘lov kutilmoqda” yoki “Ko‘rib chiqilmoqda” yoxud “Rad etish” holatlariga o‘zgartirish.

5 (besh) ish kuni ichida

3-bosqich

Buyurtmachi

Ko‘rsatiladigan ekspertiza xizmatlari uchun qonunchilikka muvofiq to‘lovni amalga oshirish.

5 (besh) ish kuni ichida

4-bosqich

Markaz

“Ko‘rib chiqilmoqda” holatidagi so‘rovnomalar asosida shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish.

20 (yigirma) ish kuni ichida

AGAR E’TIROZLAR BO‘LSA

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarining kompleks ekspertizasi yakunlariga ko‘ra

AGAR E’TIROZLAR BO‘LMASA

5-bosqich

Markaz

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari bo‘yicha e’tirozlar yo‘qligi to‘g‘risidagi xatni buyurtmachiga yuborish.

-

6-bosqich

Buyurtmachi

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvni o‘rnatilgan tartibda tomonlar imzosi qo‘yilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi.

Markazning e’tirozlar yo‘qligi haqidagi xatini olgandan so‘ng bir oy muddat ichida

7-bosqich

Markaz

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv Markaz tomonidan ro‘yxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi.

5 (besh) ish kuni ichida

8-bosqich

Markaz

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari bo‘yicha e’tirozlar ko‘rsatilgan xulosani buyurtmachiga qayta ishlash uchun yuborish.

-

9-bosqich

Buyurtmachi

E’tirozlarni hisobga olgan holda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini qayta ishlab chiqish va uni takroran ko‘rib chiqish uchu� yuborish.

6 (olti) oy ichida*

10-bosqich

Markaz

1. Bildirilgan e’tirozlar va kamchiliklarni bartaraf etilgani nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.
2. E’tirozlar va kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari bo‘yicha e’tirozlar yo‘qligi to‘g‘risidagi xatni buyurtmachiga yuborish.

5 (besh) ish kuni ichida

11-bosqich

Buyurtmachi

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvni o‘rnatilgan tartibda tomonlar imzosi qo‘�ilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi.

Markazning e’tirozlar yo‘qligi haqidagi xatini olgandan so‘ng bir oy muddat ichida

12-bosqich

Markaz

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv Markaz tomonidan ro‘yxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi.

5 (besh) ish kuni ichida

* Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari 6 (olti) oy muddat o‘tgandan keyin qayta kiritilganda, yangi hujjat hisoblanadi.
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Shartnoma/import kontrakti/qo‘shimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish
XULOSASI

Buyurtmachi/Zakazchik

Shartnoma mazmuni/Opisaniye kontrakta

Shartnoma raqami va sanasi/Nomer i data kontrakta

Shartnoma umumiy summasi/Obщaya summa kontrakta

Kontraktor va mamlakat/Kontraktor i strana

Moliyalashtirish manbai/Istochnik finansirovaniya

Imzolar/Podpisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
4-ILOVA
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini (keyingi o‘rinlarda — TIA/TIHK), davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
I. Loyihalarning TIA/TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlash tartibi
Loyihalarning TIA/TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlashda loyihaning umumiy summasi asos sifatida olinadi.
1. Loyihalarning TIAni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan va 50 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblanadi. Bunda, qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda — QQS) alohida qo‘shilgan holda undiriladi.
Loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
S tia. eks=S uq*0,03%, bu erda:
S tia. eks — loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati;
S uq — Markazga ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan loyihaning TIAda ko‘rsatilgan, barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda shakllantirilgan umumiy summasi.
2. Loyihalarning TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati ushbu Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan to‘lov summasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi. Bunda:
ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati ekvivalentda 2 ming AQSh dollaridan kam va 25 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lishi mumkin emas;
QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi.
Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
S tihk. eks=S uq*Ktihk* 0,03%, bu erda:
S tihk.eks — loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati;
S uq — Markazga ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan loyihaning TIHKda ko‘rsatilgan, barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda shakllantirilgan umumiy summasi;
Ktihk — TIHK tarkibini hisobga oluvchi kamaytiruvchi koeffitsiyent (Ktihk = 0,5).
3. Ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini milliy valyutada aniqlash maqsadida shartnoma bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov varaqasi taqdim etilgan sanadagi chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan kurs qo‘llaniladi.
II. Loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlashga doir misollar
4. Loyihalarning TIAni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash.
Loyiha: “Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob 3-KGESni qurish”.
Loyihaoldi hujjati: loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIA).
1-holat. Loyihaning umumiy summasi barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 30 760,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
S tia eks= ekv. 30 760,0 ming AQSh dollari*0,03% = 9,228 ming AQSh dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Bunda, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15% stavkada) hisobga olgan holda ekvivalentda 10,612 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
2-holat. Loyihaning umumiy qiymati barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 170 000,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
S tia. eks= ekv. 170 000,0 ming AQSh dollari*0,03% = 51,0 ming AQSh dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Ko‘rsatilgan xizmatlarning hisoblangan qiymati ekvivalentda 51,0 ming AQSh dollarini tashkil etganligi uchun (50,0 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lgani uchun), ushbu qiymat QQSni hisobga olmagan holda ekvivalentda 50 ming AQSh dollarigacha kamaytiriladi. Bunda, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15 % stavkada) hisobga olgan holda ekvivalentda 57,5 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
5. Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash.
Loyiha: “Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasini zamonaviy studiya kompleksi va ko‘chma televizion stansiya bilan jihozlash”.
Loyihaoldi hujjati: loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi (TIHK).
1-holat. Loyihaning umumiy summasi barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 20 000,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
S tihk. eks= ekv. 20 000,0 ming AQSh dollari*0,5*0,03% = 3,0 ming AQSh dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Bunda ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15% stavkada) hisobga olgan holda ekvivalentda 3,45 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
2-holat. Loyihaning umumiy summasi barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 200 000,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
S tihk. eks= ekv. 200 000,0 ming AQSh dollari*0,5*0,03% = 30,0 ming AQSh dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Ko‘rsatilgan xizmatlarning hisoblangan qiymati ekvivalentda 30,0 ming AQSh dollarini tashkil etganligi uchun (25,0 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lgani uchun), ushbu qiymat QQSni hisobga olmagan holda ekvivalentda 25 ming AQSh dollarigacha kamaytiriladi. Bunda QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati (15 % stavkada) ekvivalentda 28,75 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
III. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari, texnik topshiriqlar, kontraktlar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmatining qiymatini aniqlash tartibi
6. Davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda — tender hujjatlari), texnik topshiriqlarni va kontraktlarni, import kontraktlarini va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini (kontrakt va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lovlar (tender hujjatlari va texnik topshiriqlar bo‘yicha — har bir lotning boshlang‘ich narxidan, qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha — qo‘shimcha kelishuv summasidan kelib chiqqan holda) xarid predmeti narxining QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi.
7. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S tender tt eks.= S xr*0,1 %*QQS stavkasi
bunda:
S tender tt eks. — tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarning qiymati (QQS bilan);
S xr — xaridning QQS hisobga olinmagan qiymati.
IV. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir tender hujjatlari yoki texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmatining qiymatini aniqlashga doir misollar
8. Davlat buyurtmachisi tomonidan “Mebel va kompyuter texnikasini xarid qilish” tenderi bo‘yicha xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlarning boshlang‘ich narxi (QQS bilan) jami 92 000,0 mln so‘mni, bunda xaridning 1-lot “Mebel xarid qilish” qiymati 23 000,0 mln so‘mni va 2-lot “Kompyuter texnikasini xarid qilish” qiymati 69 000,0 mln so‘mni tashkil etadi. Bunday holatda xarid qilish tartib-taomili shartlariga ko‘ra g‘olib har bir tovar uchun alohida-alohida aniqlanadi va tender hujjatlarini (yoki texnik topshiriqlarni) kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmatining qiymati quyidagicha aniqlanadi:
a) “Mebel va kompyuter texnikasini xarid qilish” tenderi bo‘yicha xarid hujjatlariga muvofiq 1-lot “Mebel xarid qilish” qiymati QQSni hisobga olgan holda 23 000,0 mln so‘mni tashkil etadi.
S xr = 23 000,0 mln so‘m / 1,15 = 20 000,0 mln so‘m;
S eks. tender, tt = 20 000,0 mln so‘m *0,1 % = 20,0 mln so‘m (QQS hisobga olinmagan holda).
Bunda xizmatlarning QQS (15% stavkada) hisobga olingan qiymati 23,0 mln so‘mni tashkil etadi.
b) “Mebel va kompyuter texnikasini xarid qilish” tenderi bo‘yicha xarid hujjatlariga muvofiq 2-lot “Kompyuter texnikasini xarid qilish” qiymati QQSni hisobga olgan holda 69 000,0 mln so‘mni tashkil etadi.
Sxr = 69 000,0 mln so‘m / 1,15 = 60 000,0 mln so‘m;
S tender tt eks. =60 000,0 mln so‘m *0,1 % = 60,0 mln so‘m (QQS hisobga olinmagan holda).
Bunda ko‘rsatilgan xizmatlarning hisoblangan qiymati 60,0 mln so‘mni tashkil etgani uchun (bazaviy hisoblash miqdoring 100 baravaridan ko‘p bo‘lgan uchun), ushbu qiymat QQSni hisobga olmagan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorigacha, ya’ni 30,0 mln so‘mgacha kamaytiriladi.
Bunda ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15 % stavkada) hisobga olgan holda 34,5 mln so‘m miqdorida undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3550-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3794-son qarorining 2-bandi va qarorga ilovaning 2-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3874-son qarorining 12-bandi va qarorga 9-ilova.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-oktabrdagi “Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi PQ-4493-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-4678-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son)

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling