Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Xulosaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, tiklash, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish


Download 1.49 Mb.
bet26/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

7-bob. Xulosaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, tiklash, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
42. Buyurtmachi shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv shartlarini, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan ruxsat beruvchi boshqa talablar va shartlarni bajarmagan hollarda Markaz tomonidan berilgan xulosaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
43. Xulosaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi Markaz qarori buyurtmachiga yozma va (yoki) elektron shaklda xulosa amal qilishining to‘xtatilish sabablari ko‘rsatilgan holda yetkaziladi.
44. Xulosa amal qilishining to‘xtatilishiga olib kelgan holatlar (sabablar) bartaraf etilganligi fakti buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mazkur holatlar (sabablar) bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Markaz xulosaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
45. Xulosaning amal qilishi asossiz to‘xtatilgan hollarda Markaz buyurtmachi oldida unga yetkazilgan zararlar miqdorida javobgar bo‘ladi, xulosaning amal qilishi esa u Markaz qarori bilan to‘xtatilgan paytdan boshlab qayta tiklangan hisoblanadi.
46. Xulosaning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida aynan bir xil harakatlar va/yoki faoliyatni amalga oshirishga ruxsatnoma xarakteridagi hujjat mavjud bo‘lganida qayta tashkil etish, shuningdek, qo‘shilishni istisno qilganda qayta tashkil etish natijasida buyurtmachining faoliyati tugatilganda yoki to‘xtatilganda;
buyurtmachi tomonidan ruxsatnoma talablari va shartlari bir yil mobaynida muntazam (ikki va undan ko‘proq) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganida, agar bu qoidabuzarliklar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, hayoti va sog‘ligiga, jamoat xavfsizligiga va atrof muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa;
xulosaning amal qilishi to‘xtatilishiga olib kelgan holatlar (sabablar) buyurtmachi tomonidan bartaraf etilmaganda.
47. Buyurtmachi qayta tashkil etilgan, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatga olingandan keyin yetti kun ichida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani Markazga topshirishi shart.
48. Xulosani qayta rasmiylashtirish va topshirish Markaz tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab ko‘pi bilan besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
49. Xulosani qayta rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi.
50. Berilgan xulosa yo‘qotilgan yoki buzilgan hollarda buyurtmachining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
Xulosaning asl nusxasi buzilgan taqdirda uning dublikatini berish to‘g‘risidagi murojaat olingan kundan boshlab ko‘pi bilan uch kun ichida Markaz xulosaning dublikatini beradi (yuboradi). Xulosa dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida haq undiriladi.
51. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha xulosa quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Markaz tomonidan — buyurtmachining yozma ravishdagi talabi bo‘yicha;
sud tomonidan — soxta hujjatlardan foydalangan holda xulosa olinganlik fakti aniqlangan taqdirda.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling